Baltabaev Jaksilik Orazbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Interfaol o‘qitish metodlari asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1186.
Ilmiy rahbar: Mullaxmetov Radik Gilazovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/03.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi interfaol o‘qitish metodlari asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning integrativ modeli kasbiy diqqat, mustaqil ishning ijtimoiy ahamiyatligi, aniq va nostandart vaziyatlarda kreativlikni hamda etuk pedagog darajasiga amaliy erishish barqarorligini divergent ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasiga ko‘ra ijodiy faollik, kasbiy kompetensiyalarni kognitiv algoritmlash, kasbiy-shaxsiy fazilatlar va axborot almashish muhitini o‘zaro dinamik samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik amaliyot davrida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi faoliyatli-texnologik va shaxsiy-natijaviy ko‘nikmalari bosqichma-bosqich tajriba faoliyati variativligi adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyati, integrativ sifati, texnologik fikrlash jarayonlarini diagnostik modellashtirish hamda ta’limning bahsli, texnologik, strategik, ijtimoiy prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Interfaol o‘qitish asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning integrativ modeli, kasbiy diqqat, mustaqil ishning ijtimoiy ahamiyatligi, aniq va nostandart vaziyatlarda kreativlikni hamda etuk pedagog darajasiga amaliy erishish barqarorligini divergent ta’minlashga oid takliflar «Texnologiya va dizayn» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 10-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarining metodik kompetentligi darajalari shakllantirilib, fanni o‘zlashtirish samaradorligi oshirilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi ijodiy faollik, kasbiy kompetensiyalarni kognitiv algoritmlash, kasbiy-shaxsiy fazilatlar va axborot almashish muhitini o‘zaro dinamik samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan ITD-1-148 raqamli “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02-07-4001/04-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologiya fanini o‘qitishda interfaol o‘qitish metodlarini tadbiq etish samaradorligi oshgan;
pedagogik amaliyot davrida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi faoliyatli-texnologik va shaxsiy-natijaviy ko‘nikmalari bosqichma-bosqich tajriba faoliyati variativligini adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida «Texnologiya va dizayn» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 10-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning bilim darajasini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyati, integrativ sifati, texnologik fikrlash jarayonlarini diagnostik modellashtirish hamda ta’limning bahsli, texnologik, strategik, ijtimoiy prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Nukus davlat pedagogika institutida bajarilgan YoA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion ta’lim texnologiyalari sharoitida fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 02-07-4001/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kasbiy tayyorgarligi samaradorligi ortgan.