Isakova Dilnoza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘yni saratoni va saraton oldi kasalliklarini erta tashxislash, profilaktikasi va prognozlashda yangi innovatsion texnologiyalar», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1191.
Ilmiy rahbar: Mamarasulova Dilfuza Zakirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubova Oltinoy Abduganievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Uzbekova Nelli Rafikovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni displaziyasi va saratonini erta tashxislash va bashorat qilishga yangicha innovatsion yondashuv orqali O‘zbekiston sharoitida qo‘llaniladigan va samarali bo‘lgan, bachadon bo‘yni saraton oldi va saraton kasalliklarini skriningini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyati modelida birinchi pog‘ona sifatida IPV testini va Papanikolau usuli bo‘yicha sitologik tekshiruvni qo‘llash xamda ushbu usullarning sezgirligi va spesifikligini aniqlagan holda bachadon bo‘yni saratonini skrining qilish imkoniyati aniqlangan;
epitelial metaplaziya xavfi yuqori bo‘lgan ayollarni ajratish maqsadida skriningning ikkinchi pog‘onasi sifatida CIN-DIAG tezkor testidan foydalanish imkoniyati aniqlangan;
bachadon bo‘yni saratoni rivojlanish xavfining yuqori belgisi sifatida bachadon bo‘yni epitelial hujayralari tomonidan P16INK4A oqsili ekspressiyasini aniqlashning axborotliligi asoslangan;
bachadon bo‘yni saratoni rivojlanish xavfi nuqtai nazaridan IPV testi yoki sitologik tekshiruvi ijobiy bo‘lgan ayollar zardobida SCC onkomarkerini aniqlash maqsadga muvofiq emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston sharoitida bachadon bo‘yni saraton oldi va saraton kasalliklarini skriningni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bachadon bo‘yni epiteliysining saraton oldi patologiyasini skrining qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bachadon bo‘yni epiteliysining saraton oldi patologiyasini skrining qilish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 08-20182-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bachadon bo‘yni saraton oldi va saraton kasalliklari uchun skrining tizimini optimallashtirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar Andijon viloyat perinatal markazi va Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 08-20182-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari bachadon bo‘yni saratonini barvaqt aniqlashni yaxshilashga, bemorning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga, radikal davolash natijalari hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.