Saydaxmedov Elyorbek Egamberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy ikkilamchi xomashyo asosida bitum olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08–Neft` va gaz kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T231.
Ilmiy rahbar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirraxmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismatov Dilmurod Nuriddinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universi teti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` og‘ir qoldiqlari va yonuvchi slaneslarning smolalari asosida turli maqsadli neft` bitumlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksidlash gudronini chuqur oksidlab yumshalish xarorati 61oSdan 74oSgacha oshirilganda neft` bitumlarining tarkibida oksidlanmagan komponentlarni–asfal`t va qoldiq ekstrakt hissasini qariyb ikki barobarga ko‘payishi va neft` bitumlarini issiqqa chidamlilik va eskirish ko‘rsatkichlarini, shuningdek penetratsiyasi 10% gacha yaxshilanishi aniqlangan;
tarkibida yuqori darajadagi (80%dan ko‘p) aromatik birikmalar bilan tavsiflanadigan slanes smolalarning og‘ir qoldiq fraksiyalarining modifikatsion ta’sirga egaligi va neft` bitumlarining cho‘ziluvchanlik hamda mo‘rtlik harorati oshishi isbotlangan;
qoldiq ekstraktni 5–10% miqdorda oksidlanish xomashyosiga qo‘shilishi oksidlanish jarayonining samarasini oshirib, oksidlanish vaqtini nisbatan 20%ga kamaytirib, termooksidlab eskirish jarayonlariga yuqori barqarorlik va boshqa xossalari yaxshilangan yo‘l bitumlarni olinishi aniqlangan;
qoldiq ekstraktni oksidlanish xomashyosiga qo‘shib neft` bitumlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft` qoldiqlaridan oksidlanish komponenti sifatida foydalangan holda neft bitumlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oksidlanish xomashyoga qoldiq ekstraktni qo‘shib neft` bitumini ishlab chiqarish texnologiyasi «Uzbekneftegaz» MXK tarmoq standarti 6.3.1 bandiga asosan (TSt39.0-014:2007) «Farg‘ona NQZ» MChJ tomonidan tasdiqlangan (TR-05767930-010-2015). Natijada qoldiq ekstraktlari neft` bitumlarini ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha manbalar sifatida ishlatish imkonini bergan;
oksidlanish xomashyosi optimal tarkibi yaratilgan va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishga joriy qilingan («Farg‘ona NQZ» MChJning 2018 yil 31 yanvardagi 02/2-23-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` bitumlarini olish jarayonida asfalt va qoldiq ekstraktni qo‘shish imkonini bergan;
yaratilgan oksidlanadigan xomashyoga moylarni selektiv tozalash jarayoni qoldiq ekstraktini qo‘shib neft` yo‘l-bitumlarini olish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2017 yil 24 noyabrdagi 02/12-2-185-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` bitumini olish hajmini 10 % ga oshirish va neft` bitumining sifatini yaxshilash imkonini bergan.