Sharipova Gulnihol Idievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalarining shikastlanishlarini kompleks davolashda magnit-infraqizil-lazer terapiyasini qo‘llash samaradorligi», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2859.
Ilmiy rahbar: Kamalova Mehriniso Qilichevna (DSc) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, Aldasheva Maya Axmetovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati shikastlanishlarini kompleks davolashda magnit-infraqizil-lazer terapiyasini qo‘llash samaradorligini baholashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda travmatik stomatitning asosiy etiologik omillari mexanik va kimyoviy jarohatlar ekanligi, ushbu bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati, tish qattiq to‘qimalari kasalliklari uchrash darajasi ishonarli yuqoriligi, ular surunkali travmalar uchrash darajasi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kechadigan travmatik stomatitni davolash kompleksiga magnit-infraqizil-lazer nurlari ta’siri og‘iz bo‘shlig‘ida lizotsim va sIgA kabi mahalliy immunitet omillari faolashuviga olib kelishi (immunologik samara) va buning oqibatida yallig‘lanish jarayonlari bartaraf etilishi (klinik samara) isbotlangan;
magnit-infraqizil-lazer terapiyasi davo kompleksiga kiritilganda og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalari metabolizmiga ijobiy ta’siri natijasida og‘iz suyuqligidagi α-amilaza, ishqoriy fosfataza, ALT, AST kabi biokimyoviy ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir xususiyati aniqlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda kechadigan travmatik stomatitni davolash kompleksiga magnit-infraqizil-lazer nurlari kiritilishi davolash dinamikasida gigienik va parodontal indekslar, epitelial hujayralar differensiatsiyasini me’yorlashtirishi isbotlangan va asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari shikastlanishlarini kompleks davolashda magnit-infraqizil-lazer terapiyasini qo‘llash samaradorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
bolalar orasida travmatik stomatitlarni kompleks davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalarining shikastlanishlarini kompleks davolashda magnit-infraqizil-lazer terapiyasini qo‘llash samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 martdagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bolalarda travmatik stomatitlarni lazeroterapiyadan foydalangan holdagi kompleks davolash samarali usullarini ishlab chiqish imkonini bergan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalarining shikastlanishlarini kompleks davolashda magnit-infraqizil-lazer terapiyasini qo‘llash samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, Buxoro viloyati Vobkent tuman stomatologiya poliklinikasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 martdagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bolalar orasida travmatik stomatitlarni kompleks davolashda lazeroterapiyasini qo‘llash orqali davolash muddatini va residivlarni qisqartirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish