Xolmurodova Adiba Shermamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Kliniko-geneticheskie prediktori formirovaniya progressii servikal`nix intraepitelial`nix neoplaziy sheyki matki», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan rakam: B2019.2.PhD/Tib814.
Ilmiy raxbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasi nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Nadirxanova Natal`ya Suratovna, tibbiyot fanlari doktori; Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yunalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadkikotning maksadi: bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyasi bo‘lgan bemorlarda ayrim molekulyar-genetik markerlarning prognostik qiymatini aniqlashdan iborat.
III. Tadkikotning ilmiy yangiligi:
bachadon bo‘yni displaziyasi bilan chalingan bemorlarda uch yoki undan ko‘p tug‘ilish tarixini ko‘rsatish bilan bachadon bo‘yni o‘rtacha displazisi bilan kasallanganlar o‘rtasida bog‘liklik o‘rnatildi, jinsiy yul bilan yuqadigan infeksiyalarning yuqori chastotasi aniqlandi, yuqori onkogenli odam papilloma virusining turlari bachadon bo‘ynida o‘rtacha displaziyasi bo‘lgan bemorlarning yarmida aniqlandi. Bu esa bachadon bo‘ynida engil displaziyaga nisbatan odam papilloma virusi 2 baravar o‘rtacha displaziyada yuqori ekanligini ko‘rsatdi ;
o‘zbek populyasiyasi bemorlarida birinchi marta VEGFA (G634C), bilan allel tashuvchisi o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli assotsiatsiya mavjudligi, displaziya havfining ortishi, noqulay genotiplarni tashuvchilarida o‘rtacha displaziya havfini oshirishga moyillikning mavjudligi G /S va S/S C/C va VEGFA (G634C) polimorfizmining engil displaziyadan o‘rtacha displaziyaga o‘tish mexanizmlarida ishtirok etishini isbotlaydi;
birinchi marta G allellari va A/G i G/G genotiplari o‘rtasidagi statistik jihatdan sezilarli farqlandi va o‘zbek populyasiyasida MMP9 (A279 G) genining polimorfizmi bilan aniqlandi, bu esa uni prognostik genetik marker sifatida aniqlashga imkon beradi va bachadon bo‘yni shilliq qavatining o‘rtacha displaziyasi rivojlanish havfi yuqori ekanligini kursatdi;
COL1A1 (S1997A), polimorfizm hususiyatlari, shuningdek, turli darajadagi bachadon bo‘yni displaziyasi bo‘lgan bemorlarda MMP2 (C1306T) polimorfik varianti bo‘yicha tadqiqotlar ushbu genlarning allel va genotipik variantlarini tashuvchisida statistik jihatdan muhim farqlar yo‘qligini tasdiqlaydi. Natijalar COL1A1 (S1997A) va MMP2 (C1306T) genlarining polimorfik variantlari bachadon buyni displaziyasi shakllanishining genetik bashoratchisi sifatida ko‘rib chiqishga imkon bermaydi.
IV. Tadkikot natijalarining joriy kilipishi.
Bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyasining klinik-genetik prognozlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyasining klinik-genetik o‘zgarishlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy usullari" uslubiy tavsiyanomasi tayyorlandi, tasdiqlandi va amaliyotga qo‘llanildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 maydagi 8n-z/260-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni joriy etish jarrohlik aralashuvlarning chastotasini, bachadon bo‘yni saratoni residivining paydo bo‘lishini va malignizatsiyalarning chastotasini kamaytirishga imkon bergan;
bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyasi bo‘lgan ayollarga individual yondoshish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Ayollarda bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyaning davolash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanomasi tayyorlandi, tasdiqlandi va amaliyotda qo‘llanildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 maydagi 8n-z/260-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasi bo‘lgan ayollarda genetik tadqiqotlari, davolash va kuzatish taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.
bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyasi bo‘lgan ayollarda ayrim molekulyar-genetik markerlarni prognostik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Samarqand viloyat perinatal markazi va “Shark tabobati” ITIga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 maydagi 8n-z/260-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyasi bo‘lgan ayollarni olib borish va davolash taktikasini yaxshilashga imkon bergan.