Xuseynova Gulshan Xuseynovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyraklar morfometrik parametrlarining bosh miya shikastlanishlari turli davrlaridagi qiyosiy tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2065.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Sodiqova Zumrad Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya shikastlanishlarining turli davrlarida buyraklar morfologik parametrlari o‘zgarishlarini qiyosiy o‘rganishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tadqiqot hayvonlarida etkazilgan turli darajadagi bosh miya shikastlanishining “peshona sohasi ta’siri” simulyasiyasini modellashtirish natijasida buyrak to‘qimalarining turli qismlarida yuzaga keladigan morfometrik o‘zgarishlar intensivligi bosh miya shikastlanishining davrlariga bog‘liq bo‘lib, tajriba hayvonlarida bosh miya shikastlanishi turli davrlaridagi buyrak nefron elementlari morfometrik ko‘rsatkichlarining intakt laboratoriya hayvonlari parametrlariga yaqinlashishi, etkazilgan shikastning kuchi bilan teskari proporsional ekanligi isbotlangan;
engil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir darajada etkazilgan bosh miya shikastlanishi oqibatida buyrak turli qismlarida namoyon bo‘ladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning maksimal ko‘rsatkichlari hisobiga shikastlanishning muhim kritik davrlari aniqlangan;
organizm himoya mexanizmlarining tiklanishi hisobiga 28 kun ichida bosh miya shikastlanishi olgan kundan boshlab, tajriba hayvonlari buyraklarining po‘stloq va mag‘iz qavati to‘qima qismlari patomorfologik o‘zgarishlarning kamayib borish davomiyligi shikastning ta’sir kuchiga bog‘liqligi isbotlangan;
etkazilgan bosh miya shikastlanishidan keyin kompleks medikamentoz dori vositalari yordamida davolaganda buyraklar morfometrik ko‘rsatkichlarining 14 kun ichida shikastlanishning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda uning turli davrlarida me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishining tezlashganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalariningjoriy qilinishi.
Bosh miya shikastlanishlari oqibatida buyraklardagi morfologik va funksional o‘zgarishlar xususiyatlari tavsifi asosida:
bosh miya shikastlanishidan keyin buyraklar morfofunksional o‘zgarishlarini aniqlash imkonini bergan «Buyraklarning me’yorda va bosh miya shikastlanishidan keyin morfologik parametrlarini aniqlash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 sentyabrdagi 8-n-r/1202-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bosh miya shikastlanishidan keyin buyraklarda kuzatiladigan struktur o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
bosh miya shikastlanishidan keyin buyrak tuzilishidagi morfofunksional xususiyatlar va morfometrik o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Kogon shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Romitan tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 8-n-z/568–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot ma’lumotlarini amalga oshirish morfologik parametrlar bo‘yicha organopatologiyani erta tashxislash, favquloddagi vaziyatlarda, bosh miya shikastlanishining turli davrlaridagi bemorlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish algoritmini ishlab chiqishga imkon yaratgan.