Hamraev Akbar Xayrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngach intramural nerv apparatining morfologiyasi va eksperimental jigar sirrozi hamda pestisid ta’siridagi reaktiv o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1484.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlar doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Dilnoza Axrorovna Xasanova, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Suynali Toktonazarovich Shatmanov – Osh davlat universiteti tibbiyot fakulteti Gistologiya va patologik anatomiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, profesor (Qirg‘iziston).
Yetakchi tashkilot: «I.Gorbachevskiy nomidagi Ternopel` milliy tibbiyot universiteti Ukraina»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tajribada qizilo‘ngach yuqorigi, o‘rta va pastki qismlari devorining intramural nerv apparati, qon va limfa tomirlari adrenergik innervatsiyasining solishtirma morfologiyasini taxlil qilish orqali o‘zgarishlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor quyonlar qizilo‘ngachi proksimal, o‘rta va distal qismlari devori tuzilishining qiyosiy morfologik va morfometrik tahlili o‘tkazilgan va distal qismida yakka joylashgan venalar chigali (arteriyalar kuzatuvisiz), kuchli ifodalangan limfa tomirlari va bezlar kompleksi aniqlangan;
ilk bor quyonlar qizilo‘ngachi intramural nerv apparati tarkibida har xil shakldagi xarakatlantiruvchi nerv oxirlari morfologik tavsifi berilgan;
tajriba xayvonlarida eksperimental jigar sirrozi sharoitida qizilo‘ngach distal qismi intramural nerv apparatida, hamda qon va limfa tomirlari adrenergik innervatsiyasida kuzatiladigan. (nerv tolasi giperimpregnatsiya va qon tomirlar gipertrofiyasi, devorining yupqalashuvi) morfologik o‘zgarishlar asoslangan;
ilk bor o‘simliklar zararkunandalaridan himoya vositasi siraks pestisidining tajriba xayvonlari qizilo‘ngach intramural nerv apparatiga, harakatlantiruvchi nerv oxirlariga salbiy kimyoviy ta’siri morfologik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ekspremental xayvonlarda qizilo‘ngachning har xil qismlari nerv, qon va limfa tomirlaridagi reaktiv o‘zgarishlarning solishtirma morfologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eksperimental qo‘yonlarda ekstremal ta’sirlar natijasidagi morfologik va morfometrik parametrlarini baholash imkonini beruvchi “Qizilo‘ngach intramural nerv apparatining morfologiyasi” mavzusidagi uslubiy tavsiya tasdiqlandi (Sog‘likni saqlash vazirligining 2022 yil 5 may 8nm/430-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada qizilo‘ngachda pestisid ta’sirida nerv bilan ta’minlanishining morfologik o‘zgarishlari taxlili asosida diagnostika samaradorligini oshirish va kuzatiladigan asorat chastotasini kamaytirish imkonini bergan;
qizilo‘ngachning shikastlanishi turli davrlarida morfologik va morfometrik parametrlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son klinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/311-sonli xulosasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi pestisid ta’sirida yuzaga keladigan qizilo‘ngachning nerv, qon va limfa tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlarni  erta aniqlash natijasida kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish