Yuldasheva Gulnoz Giozovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Immuno-bioximicheskie kriterii neonatal`noy dezadaptatsii malovesnix detey,  rodivshixsya ot materey s preeklampsiey», 14.00.36 - Allergologiya i immunologiya; 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2335.
Ilmiy rahbarlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Muxamedova Shaxnoza Tolibovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tashenova Gul`nara Tolipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Federal davlat byutjet muassasasi  Gorodkov nomidagi Ivanovo onalik va bolalik muhofazasi ilmiy tekshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: preeklampsiya bilan kasallangan onadan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarni parvarishlash choralarini optimallashtirish maqsadida, immun-biokimyoviy statusini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatdan oldin tug‘ruqqa eng ko‘p sabab bo‘luvchi xavfli anamnezida muddatdan oldin tug‘ruqlar bo‘lgani (IN =5,3), 18 yoshgacha davrdagi homiladorlik (IN=3,2), surunkali sal`pingooforit (IN=3,2), homiladorlik davridagi emotsional stress/depressiya (IN =2,7) omillar aniqlangan:
preeklampsiya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarda gipoglikemiya, tranzitor giperproteinemiya, qonda mochevina miqdorining kamayishi, interferonlarning kamayishi asosida qonda IL-6 ning 2,8 marta, IL-8 ning 2,64 martaga oshishi isbotlangan;
homiladorlik xolestazi yoki xolestatik gepatozda kam tana vaznli chaqaloqlarda neonatal dezadaptatsiya sindromi va neonatal sepsis rivojlanishida muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
preeklampsiya bilan kasallangan homiladorlardan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlar siydigida IFNα<7,0 pg/ml va qonda IL-6> 60,0 pg/ml neonatal dezadaptatsiyani informativ mezonlari ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Homiladorlar qonining immunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari, kam tana vaznli chaqaloqlarning qon va siydik tahlili hamda muddatdan oldin tug‘ruq xavfli omillarini integral baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
preeklampsiya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarni parvarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Preeklampsiya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarni parvarishlash dasturi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 aprel` 8n-d/369-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma preeklampsiyaning homilaga va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ta`sirini o‘rganish, sitokinlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, neonatal kasallanish va o‘lim foizini kamaytirish, statsionarda davolanish davomiyligini qisqartirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
dezadaptatsiya sindromining istibolini aniqlash, ayniqsa, noinvaziv immunnotsitokin diagnostika usullari sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi va Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 maydagi 8n-z/228-son ma`lumotnomasi). Amaliyotga qilingan tadbiqlar natijasida diagnostik tekshiruvlarning aniqlik sifati va tezligi oshdi hamda kam tana vaznli chaqaloqlarda neonatal dezadaptatsiyani erta profilaktikasini amalga oshirish oqibatida iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish