Nazarova Navbaxor Narzulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy xom ashyolar asosida bazal`t tarkibli qurilish materiallarining olovbardoshligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish” 05.10.02–Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusini ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2165.
ilmiy rahbar: Kurbanbaev Shuxrat Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar:
Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich – texnika fanlari doktori, professor, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tekshirish instituti katta ilmiy xodimi;
Sabirov Erkaboy Erkinbaevich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig‘i.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy mineral xom ashyolar asosida bazal`t kompozit materiallarning olovbardoshligini oshirish orqali bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
aerosil`-380, mikrokremnezyom, kremniy (IV) oksidi, grafit, vermikulit va vollastonit minerallari asosida bazal`t tola va epoksid smolali aralashma asosidagi kompozit materiallarning termik va fizik-mexanik bardoshliligini oshiruvchi xossalarga ega yangi tarkiblar ishlab chiqilgan;
yangi ishlab chiqilgan tarkiblar asosiy komponentlarining bazal`t kompozit materiallarining termik va fizik-mexanik xossalariga ta’sir mexanizmlarini o‘rganish orqali yangi modifikatsiyalangan bazal`t kompozit armaturalarning ushbu qo‘rsatkichlar bo‘yicha optimal qiymatlarga ega bo‘lish sharoitlari aniqlangan;
aerosil`-380, mikrokremnezyom, kremniy (IV) oksidi, vermikulit va vollastonit minerallari asosidagi yuqori termik bardoshli yangi tarkiblar bilan bazal`t tola va epoksid smolali aralashma asosidagi kompozit materiallarni ichki va tashqi modifikatsiyalash orqali ularning olovbardoshligini oshirish xususiyatlari aniqlangan;
yangi ishlab chiqilgan olovbardosh bazal`t kompozit armaturalar tashqi yuzalarining ignasimon strukturaga ega vollastonit minerallari hamda vermikulit zarrachalarining g‘ovakdor strukturalari hisobiga beton qorishmasi bilan tishlashish darajasini oshirilishi evaziga mahalliy minerallarning yuqori dispersli zarrachalari asosida yong‘inga xavfsiz bazal`t kompozit armaturalarni ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyolar asosida bazal`t tarkibli qurilish materiallarining olovbardoshligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Binolar, inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarda bardoshliligi”, “Qurilish materiallari binolar, inshootlar va ularning yong‘in xavfsizligi” fanlarining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2022 yil 18 avgustdagi “Ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga qabul qilinganligi to‘g‘risida”gi 2-sonli dalolatnomasi) o‘tkazishga qabul qilingan.
Yangi tarkiblar bilan modifikatsiyalangan bazal`t kompozit armatura va yangi olingan bazal`t panel materialining olovbardoshligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 18 avgustdagi 05/15-2055 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi tarkiblar bilan modifikatsiyalangan bazal`t tarkibli qurilish materiallarining termik bardoshliligi 10-15%ga, mustahkamligi 8-10%ga, termik va ochiq olov ta’sirida deformatsiyalanishga uchrash vaqti 7-15%ga yaxshilanishiga erishilgan.