Qayumov To‘lanboy Xolmirzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biogaz energiya qurilmasining dastlabki ishlov berish ishchi jihozi parametrlarini asoslash”, 05.05.06-“ Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T775 
Ilmiy rahbar: Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Umidjon Xikmatullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biogaz qurilmasining samaradorligini oshirish uchun xomashyoga dastlabki ishlov berish uskunasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bioreaktorga yuklanadigan turli tarkibli biomassa va organik chiqindilarni shnekli maydalash asosida biogaz chiqish miqdori va samaradorigini oshirish imkonini beradigan biomassaga dastlabki mexanik ishlov berish qurilmasining texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
biomassa va organik chiqindilarni anaerob muhitda qayta ishlash uchun fermentatsiya jarayoni talabi darajasida maydalash imkonini beradigan hamda biomassani kesuvchi pichoq juftligiga etkazib beradigan shnekli dastlabki ishlov berish qurilmasi yaratilgan;
biomassani yuklash tezligi, maydalanganlik darajasi va namligini hisobga olgan holda reaktordan biogaz chiqish miqdorini o‘zgarishini hisoblash imkonini beradigan, Jordan-Gauss usuliga asoslangan regression tenglama ishlab chiqilgan;
biomassa va organik chiqindilarni anaerob muhitda termik ishlov berish jarayonida ajraladigan biogaz miqdorini oshirishni ta’minlaydigan texnologik parametrlarning optimal qiymatlarini aniqlash imkonini beradigan matematik model` regression tahlil usuli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biogaz olish qurilmasining dastlabki ishlov berish ishchi jihozi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
organik chiqindilarni qayta ishlash usuli va uni amalga oshirish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06719, 31.01.2022 y.). Natijada, biogaz chiqish miqdori va biogaz olish qurilmasining samaradorligining oshirilishiga erishilgan;
organik chiqindilarni qayta ishlash orqali biogaz va bioo‘g‘it oladigan biogaz qurilmasi Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi “Biogaz-ekologiya energiya va organik o‘g‘it” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13 apreldagi №02/025-1582 sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, oddiy texnologik rejimlarda ishlovchi biogaz olish qurilmalariga nisbatan 1,3 baravarga ortiq biogaz olinishiga va biogaz olish jarayoni vaqtini 1,4 barobar qisqartirilishiga hamda 39 million so‘m yillik iqtisodiy samaradorlikka  erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish