Azamatov Uchqun Nematovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish asosida yangi assortimentdagi ipak matolari ishlab chiqarish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T524
Ilmiy rahbar: Gulamov Azamat Eshankulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, Ph.D., dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi assortimentdagi eshilgan ipak ipi va undan kostyumbop to‘qimalar ishlab chiqish maqsadida xom ipakni qayta o‘rashga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut ipak qurti g‘umbagi va mahalliy xomashyolar asosida xom ipakni qayta o‘rashga tayyorlash uchun yangi tarkibli emul`siya ishlab chiqilgan;
xom ipakni qayta o‘rashga tayyorlash texnologiyasi tut ipak qurti g‘umbagi va mahalliy xomashyolar asosida tayyorlangan yangi tarkibli emul`siyani purkash usuli orqali takomillashtirilgan;
3,23 teksli xom ipakdan 12 tasini qo‘shib yuqori chiziqli zichlikdagi eshilgan ipak ipi olingan hamda ulardan sarja 1/3 o‘rilishdagi to‘qish orqali yangi assortimentdagi kostyumbop to‘qima ishlab chiqilgan;
yuqori chiziqli zichlikdagi eshilgan ipak ipi va undan yangi assortimentdagi sarja 1/3 o‘rilishdagi kostyumbop to‘qima ishlab chiqarishning texnologik parametrlarini ratsional qiymatlari kichik kvadratlar usuli yordamida olingan regression modellarini tahlili asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish asosida yangi assortimentdagi ipak matolari ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taklif etilgan texnologiya “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 25 yanvardagi 4-2/118-son ma’lumotnomasi) sanoat ishlab chiqarish sharoitlarida, shu jumladan “Surxon ipagi” MChJ, “Qiziltepa pilla xazinasi” MChJ, “Bukhara Brilliant Silk cluster” MChJ, “Xorazm ipagi”MChJ korxonalarida joriy etilgan. Natijada, xom ipakni qayta o‘rashga tayyorlash, kalava holatdagi xom ipakni g‘altaklarga qayta o‘rash hamda eshish rejimlarini o‘rnatish orqali yuqori chiziqli zichlikdagi eshilgan ipak ipi va undan kostyumbop to‘qima ishlab chiqilgan.