Murodova Sayyora Sobirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy rizobakteriyalar shtammlari asosida g‘o‘zaning stress sharoitlarga chidamliligini oshiruvchi yangi, raqobatbardosh mikrob preparatlarini yaratish va ularning amaliy ahamiyatini baholash», 03.0012–Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/B24.
Ilmiy maslahatchi: Davranov Qaxramon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Zafar Fayzullaevich, biologiya fanlari doktori; Xashimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori; Xo‘jamshukurov Nortoji Abduxoliqovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mahalliy rizobakteriyalar shtammlari asosida g‘o‘zaning stress sharoitlarga chidamliligini oshiruvchi yangi, raqobatbardosh mikrob preparatlarini yaratish va ularning amaliy ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skrininglar asosida g‘o‘za rizosferasidan xloridli va sul`fatli sho‘rlanishga (200mM gacha) chidamli shtammlari tanlab olingan;
morfologik-kultural, fiziologik-biokimyoviy va 16S rRNK tahlillari asosida sho‘rlanishga chidamli rizobakteriyalarning mahalliy shtammlarining Bacillus subtilis, Bacillus megaterium va Pseudomonas stutzeri turlariga mansub ekanligi aniqlangan;
tanlab olingan rizobakteriyalar Pseudomonas stutzeri SKB 308 shtammida 55,0 m.j.n., Bacillus subtilis SKB 309 shtammida 13,3; 30 va 48,5 m.j.n; B.megaterium SKB 310 shtammida 23,1 m.n.j. hamda o‘lchamga ega yirik plazmid DNKlari mavjudligi aniqlangan;
stress sharoitda (pH-9,0) Pseudomonas stutzeri SKB 308, Bacillus subtilis SKB 309 va Bacillus megaterium SKB 310 shtammlari mos ravishda 19,4±0,79; 20,7±1,01; 17,74±0,85 mkg/ml miqdorda indolil-3-sirka kislotasi (ISK) sintez qilishi ochib berilgan;
Pseudomonas stutzeri SKB 308 shtammining kuchli antagonistik faollikka bo‘lgan ega oraliq birikma 1-brom-2-ftalimidetan sintez qilishi aniqlangan;
rizobakteriyalarning g‘o‘za o‘simligi bilan o‘zaro mutualistik munosabatga kirishishdagi sinergetik mexanizmi asoslangan;
mahalliy rizobakteriyalar Bacillus subtilis, Bacillus megaterium va Pseudomonas stutzeri shtammlarining Sl- va SO42- ionlariga chidamlilik va antagonistik faollik mexanizmlari aniqlangan;
«Zamin-M» biopreparatining g‘o‘za ekinida uchraydigan asosiy fitopatogen mikroblarga (Fusarium sp., Xanthomonas comprestris pv. malvacearum, Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum, Botrytis cineria va Verticillium dahliae) qarshi kurashish imkoniyati mavjudligi asoslangan;
kompleks ta’sirga ega bo‘lgan suyuq va quruq holatdagi biopreparatlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi yaratilgan;
ilk bor rizobakteriyalarni sho‘rlanishga chidamli Bacillus subtilis SKB 309, Bacillus megaterium SKB 310 va Pseudomonas stutzeri SKB 308 shtammlarini saqlash, o‘stirish hamda foydalanish sharoitida o‘zaro raqobatsiz munosabatga ega assotsiativ tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy rizobakteriyalar shtammlari asosida g‘o‘zaning stress sharoitlarga chidamliligini oshiruvchi yangi, raqobatbardosh mikrob preparatlarini yaratish va ularning amaliy ahamiyatini baholash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini oshiruvchi mikroorganizmlar assotsiatsiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05254. 16.01.2014). Natijada mikroorganizmlar assotsiatsiyasi sho‘rlangan tuproqlar sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlari uchun qo‘llaniladigan «Zamin-M» biopreparatini olish imkonini bergan;
«Zamin-M» preparati Davlat Kimyo komissiyasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida 2015-2019 yillar davomida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati» ga kiritilgan (№1A1005; №5.11.155; 23.01.2015). Biopreparat Buxoro viloyati Jondor tumani g‘o‘zaning vilt kasalligi bilan yuqori darajada zararlangan sho‘rlangan maydonlarida qo‘llanilganda 1,8 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
«Zamin-M» biopreparati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax va Buxoro viloyatlari paxta maydonlariga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 29 noyabrdagi 02/20-1260-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning sho‘rlanish darajasiga bog‘liq holda g‘o‘zadan gektariga 7,0; 5,4 va 1,8 s qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
tuproq unumdorligini oshirishda kompleks mikrobli preparatlardan foydalanish natijalari asosida «600000–qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi» sohasi talabalari uchun «Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi» darsligi chop etilgan (26.02. 2009 y. 046-son guvohnomasi). Natijada agrokimyo va tuproqshunoslik, meva-sabzavotchilik, biotexnologiya yo‘nalishlari bakalavr va magistr talabalarini qishloq xo‘jaligi ekinlarini stress omillarga chidamliligini oshirishning biotexnogik asoslari va amaliyotda undan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini bergan.