Haydarov San’at Sunnatovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori chiziqiy zichlikdagi ipak iplaridan gilam mahsulotlariga xomashyo tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1847
Ilmiy rahbar: Islambekova Nigora Murtozaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Akmal Alisherovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori chiziqiy zichlikdagi xom ipak olib gilam mahsulotlariga ipak iplarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish va olingan xomashyo xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori chiziqiy zichlikdagi xom ipak olish uchun mexanik pilla chuvish dastgohini chuvish tozida ilgich ostiga pillalarni jamlovchi halqa, hamda ipni shakllantirish uchun silindirsimon o‘yiqli chiviq o‘rnatish orqali takomillashtirilgan;
olingan tajriba natijalarini qayta ishlash asosida pilla ipining umumiy uzunligiga, chuvish tezligiga bog‘liq holda ipakning chiziqiy zichligini rostlash usuli ishlab chiqilgan va pilla chuvishga tayyorlashdagi texnologik parametrlari o‘rnatilgan;
tajriba natijalarini qayta ishlash asosida yuqori chiziqiy zichlikdagi xom ipak qalinligining uzunligi bo‘yicha notekisligiga bog‘liqlik regresion modellari olingan va ularni tahlillari asosida eshilgan ip ishlab chiqarish parametrlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
gilam ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan eshilgan ipak ipini chiziqiy zichligini ipning bikrlik va buramlar soniga bog‘liqlik regression modellari kichik kvadratlar usuli yordamida qurilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori chiziqiy zichlikdagi ipak iplaridan gilam mahsulotlariga xomashyo tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori chiziqiy zichlikdagi xom ipak olish usuli hamda gilam mahsulotlariga eshilgan ipak iplarini tayyorlash texnologiyasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2020 yil 6 avgustdagi 4-2/1531-son ma’lumotnomasi), xususan “SURXON IPAGI” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan. Natijada, Navro‘z-3, Navro‘z-4 va Xitoy duragayi nuqsonli pillalariga ishlov berish orqali yuqori chiziqiy zichlikdagi xom ipak ishlab chiqarilib chuviluvchanlik ortishi, solishtirma sarfi kamayishi hisobiga sifatli xom ipak olishga erishilgan;
gilam mahsulotlari uchun zamonaviy dastgohlarda eshilgan iplarni tayyorlashning texnologik parametrlari “BUKHARA BRILLIANT SILK” QK va “XORAZM IPAGI” MChJlarda ishlab chiqarishga tadbiq etilgan. Ilmiy tadqiqot natijasida sifatli yuqori chiziqiy zichlikdagi xom ipak olish yangi texnologiyasi orqali ish unumdorligini 15-20 % ga oshirish imkoni yaratilgan va import o‘rnini bosuvchi gilam mahsulotlari uchun eshilgan ip assortimentlarini ishlab chiqarishga erishilgan.