Saidov Aybek Azadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P414.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.R.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Arziqulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish hamda uni rivojlantirishning uslubiy ta’minotini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbarning boshqaruv faoliyatida kognitiv, kognativ va emotsional-baholash komponentlarini rivojlantirish ta’sirida ijtimoiy-axloqiy etuklik, emotsional etuklik va ijtimoiy intellektni kuchaytirilishi orqali yetakchilik xususiyatini barqarorlashtirishda hissiy-irodaviy sifatlarga tayanganligi sababli o‘zida xulq-atvorni sub’ektiv nazorat qilish ko‘nikmasining shakllantirganligi dalillangan;
rahbar o‘zining psixologik tartibga solish qobiliyatiga tayangan holda hushyorlik va shaxsiy yaxlitlik xususiyatlarini namoyon etishiga ko‘ra qo‘l ostidagilarda xizmat muhitiga nisbatan internal nazorat, o‘ziga ishonch va imkoniyatini to‘g‘ri baholashga o‘rgatishi orqali o‘zida boshqaruv faoliyati uchun zarur bo‘lgan tezkor qaror qabul qilish va muammoli vaziyatlarda o‘zini tutish uslublarini o‘zlashtirganligi isbotlangan;
harbiy rahbar xizmatdagilarning noverbal xulq-atvori va verbal ekspressiyalarini tashxislashi orqali muloqot ishtirokchisining fikrini tushunish, o‘zaro ta’sirlashuvga erishish, sotsial intellektini rivojlantirishi sababli shaxslararo munosabatda empatiya, ijtimoiy mas’uliyat, hissiy barqarorlikka erishishi natijasida boshqaruv faoliyatida sintonik muomala uslubini va ijtimoiy intuisiyasini kuchaytirishi mumkinligi isbotlangan;
harbiy rahbar faoliyatining tahliliga ko‘ra boshqaruv faoliyatini rivojlantiruvchi sifatlar, muvaffaqiyatli rahbar sifatlari, kasbiy sifatlari bandlari (boshqaruv kompetentligining ijtimoiy-psixologik baholash mezonlari) va kognitiv, hissiy-irodaviy, motivatsiyali va kommunikativ komponentlari (boshqaruv kompetensiyasini shakllantiruvchi psixologik komponentlari) integratsiyalashtirish natijasida harbiy rahbar boshqaruv kompetentsiyalarni baholash va rivojlantirishni ta’minlovchi tizimning tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurolli Kuchlar tizimida rahbar xodimlarning boshqaruv kompetentligini oshirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
rahbar boshqaruv faoliyatida kognitiv, konativ va emotsional-baholash komponentlarning rivojlanishi ta’sirida ijtimoiy-axloqiy etuklik, emotsional etuklik va ijtimoiy intellektni kuchaytirishi orqali yetakchilik xususiyatini barqarorlashtirishda hissiy-irodaviy sifatlarga tayanganligi sababli o‘zida xulq-atvorni sub’ektiv nazorat qilish ko‘nikmasining shakllantirganligi dalillanganligiga oid ilmiy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi qo‘shinlarida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 22 fevraldagi 1/2/068-son Direktivasining 2-bandi). Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Kasbiy tanlov markazining hududiy bo‘limlarida harbiy rahbar kadrlarni kasbiy saralash faoliyati tizimlashtirilib, munosib nomzodlarni saralab olishning psixodiagnostik ilmiy ta’minotini kuchayishiga erishilgan;
rahbar o‘zining psixologik tartibga solish qobiliyatiga tayangan holda hushyorlik va shaxsiy yaxlitlik xususiyatlarini namoyon etishiga ko‘ra qo‘l ostidagilarda xizmat muhitiga nisbatan internal nazorat, o‘ziga ishonch va imkoniyatini to‘g‘ri baholashga o‘rgatishi orqali o‘zida boshqaruv faoliyati uchun zarur bo‘lgan tezkor qaror qabul qilish va muammoli vaziyatlarda o‘zini tutish uslublarini o‘zlashtirishi isbotlanganligiga oid natijalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining Operativ-taktik, qo‘mondonlik-shtab ofiserlarini tayyorlash Maxsus kursining amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 2 yanvardagi 02-son Direktivasining 3-bandi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining operativ-taktik, qo‘mondonlik-shtab bo‘g‘ini ofiserlarining boshqaruvchanlik va kasbiy salohiyatini oshirishga doir o‘quv-jangovar mashg‘ulotlarining ilmiy-uslubiy ta’minoti boyishiga xizmat qilgan;
rahbar o‘zining psixologik tartibga solish qobiliyatiga tayangan holda hushyorlik va shaxsiy yaxlitlik xususiyatlarini namoyon etishiga ko‘ra qo‘l ostidagilarda xizmat muhitiga nisbatan internal nazorat, o‘ziga ishonch va imkoniyatini to‘g‘ri baholashga o‘rgatishi orqali o‘zida boshqaruv faoliyati uchun zarur bo‘lgan tezkor qaror qabul qilish va muammoli vaziyatlarda o‘zini tutish uslublarini o‘zlashtirishi isbotlanganligiga oid metodik natijalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Jangovar tayyorgarlik Bosh boshqarmasining Qurolli tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining harbiy rahbar-komandirlar bilan olib boriladigan “Jangovar shaylikni ta’minlash” faoliyatiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 1 martdagi 016-son Direktivasining 3-bandi). Bu esa, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabining qurolli tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va noqonuniy ommaviy tartibsizliklarni oldini olishga oid “Operativ tayyorgarlik” o‘quv-jangovar mashg‘ulotlarining uslubiy ta’minotini kuchayishiga erishilgan;
harbiy rahbar faoliyatining tahliliga ko‘ra boshqaruv faoliyatini rivojlantiruvchi sifatlar, muvaffaqiyatli rahbar sifatlari, kasbiy sifatlari bandlari (boshqaruv kompetentligining ijtimoiy-psixologik baholash mezonlari) va kognitiv, hissiy-irodaviy, motivatsiyali va kommunikativ komponentlari (boshqaruv kompetensiyasini shakllantiruvchi psixologik komponentlari) integratsiyalashtirish natijasida harbiy rahbar boshqaruv kompetentsiyalarini baholash va rivojlantirishning amalga oshirishni ta’minlovchi tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqilganligiga oid ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi ofiserlarni malakasini oshirish fakul`tetining “Zamonaviy ofiser qiyofasi”ni shakllantirishga oid o‘quv dasturlari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining 2022 yil 1 martdagi 016-son Direktivasining 2,3 va 7-bandlari). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Milliy armiyasidagi ofiserlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Zamonaviy ofiserlarni tayyorlash kursi O‘quv dasturining ilmiy-uslubiy ta’minoti takomillashtirgan.