Nurullaeva Manzura Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish muddatlari va me’yorlarining Crotalaria juncea L. o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’siri (Xorazm viloyati sharoitida)”, 06.01.08−O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx.848.
Ilmiy rahbar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Mas’udjon Axtamovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning shimoliy mintaqasi Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida Crotalaria juncea L. o‘simligidan yuqori sifatli don, pichan hosili etishtirishni ta’minlaydigan maqbul ekish muddati va me’yorlarini ishlab chiqish hamda em-xashak etishtirish hajmini oshirish orqali qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikka erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida yangi noan’anaviy dukkakli o‘simlik srotalaria juncea o‘simligini maqbul ekish muddati 20-25.04 va ekish me’yorlari gektariga 14 kg ekanligi aniqlangan;
srotalaria juncea maqbul ekish muddat (20-25.04) va me’yorida (14 kg) ekib parvarishlanganda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi jadallashib, poya uzunligi 270,0-304,0 sm; yon shoxlari 8,6-11,7 dona; barg soni 210,0-265,0 donagacha bo‘lib, fotosintetik faoliyati yaxshilanishi evaziga 5,9 s/ga qo‘shimcha don hosili olinishi hamda dukkaklar soni oshishi bilan don hosili o‘rtasida o‘rtacha darajada korrelyativ bog‘liqlik (korrelyasiya koeffisienti r=0,566) borligi isbotlangan;
srotalaria juncea o‘simligini maqbul ekish muddat va me’yori (20-25.04; 18 kg/ga) da simbiotik faoliyati yaxshilanib, 173,9 s/ga pichan hosili olingan hamda pichan hosili bilan ko‘chat qalinligi (korrelyasiya koeffisienti r=0,915) va barg sathi (korrelyasiya koeffisienti r=0,941) o‘rtasida yuqori darajada korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
srotalaria junceaning maqbul ekish muddat va me’yorda etishtirish iqtisodiy samarali ekanligi aniqlanib, don uchun ekilganda 9 057764 so‘m/ga va pichan uchun ekilganda 6 829563 so‘m/ga sof foyda olinib, qo‘shimcha don, em-xashak etishtirish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Crotalaria juncea o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanishiga urug‘ ekish me’yori va shunga mutanosib ravishda ekish muddatlarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Respublikamizda g‘o‘za-g‘alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari hamda chorvachilik klasterlari uchun “Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida noan’anaviy dukkakli ekin - Srotalaria juncea L. o’simligini yetishtirish agrotexnologiyasi bo’yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi № 07/23-04/6147 - son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Xorazm viloyatining degradatsiyaga uchragan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida don-dukkakli ekinlarini etishtiradigan dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida srotalaria juncea o‘simligidan don hosili uchun “Nazar Ota o‘g‘li Botir” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar, “Xiva Xurmat” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar,“Akbarbek Xoyrulla” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar, “Rustam Marri” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar “Davron” fermer xo‘jaligining 0,6 gektar, “Rajjaboy Sobirov” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar er maydonlariga, jami 2,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi № 07/23-04/6147 - son ma’lumotnomasi). Natijada Srotalaria juncea o‘simligini maqbul muddat (20-25.04) va me’yorida (14 kg/ga) ekib parvarishlanganda gektaridan 16,5-17,1 s don hosili olinib, rentabellik darajasi 72,4-77,4% ni tashkil etgan;
pichan hosili uchun “Nazar Ota o‘g‘li Botir” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar, “Xiva Xurmat” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar, “Akbarbek Xoyrulla” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar, “Rustam Marri” fermer xo‘jaligining 0,4 gektar “Davron” fermer xo‘jaligining 0,8 gektar, “Rajabboy Sobirov” fermer xo‘jaligining 0,3 gektar er maydonlariga jami 2,7 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi № 07/23-04/6147 - son ma’lumotnomasi). Natijada srotalaria juncea o‘simligini maqbul muddatda 25 aprelda 18 kg/ga me’yorda ekib parvarishlanganda gektaridan 503,4-528,4 s/ga ko‘k massa hosili yoki 143,2-152,4 s pichan hosili olinib sof foyda 5620763-6509763 so‘m/ga, rentabellik 59,7-68,6% ga erishilgan.