Babanazarova Sevara Abdinazarovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt678.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qahhorov Otabek Siddiqovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini aniqlash  mul`tiplikativ model komponentlari vositasida muayyan oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatkichlarini kompleks baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim sohasida ta’limi sifatini baholash “talaba – guruh – ta’lim yo‘nalishi” uzviy zanjiridagi sifat ko‘rsatkichlari umumiy darajasini akademik vaqt oraliqlari bo‘yicha aniqlash usulini qo‘llash orqali takomillashtirilgan; 
ta’lim xizmatlari samaradorligi va sifatini baholash me’yorlari tarkibiga ta’lim xizmati darajasini ifodalovchi pedagogik kompetensiya, xalqaro miqyosdagi ilmiy e’tirof hamda ta’lim xizmati iste’moli natijasini ifodalovchi talabalarning kumulyativ reytingini kiritish taklifi asoslangan;
mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi asosida oliy ta’lim sohasi asosiy faoliyatining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim sohasida ta’lim xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirish yo‘llarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini aniqlashda  mul`tiplikativ model komponentlari vositasida muayyan oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilishda, shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan professor-o‘qituvchilarning 2023 yildagi reytingini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mezonlarni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 01-780-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-113-son ma’lumotnomasi, akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2022 yil 27 avgustdagi 136/1-f -sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning joriy qilinishi oliy ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarni har tomonlama rivojlanishiga, bilim darajasini oshirishga, ta’lim sifatini yaxshilashga va samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan rag‘bati va mas’uliyatining kuchayishiga olib kelgan;
oliy ta’lim sohasida ta’limi sifatini baholashni “talaba – guruh – ta’lim yo‘nalishi” uzviy zanjiridagi sifat ko‘rsatkichlari umumiy darajasini akademik vaqt oraliqlari bo‘yicha aniqlash usulini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilishda, shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan professor-o‘qituvchilarning 2023 yildagi reytingini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mezonlarni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 01-780-son ma’lumotnomasi, akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2022 yil 27 avgustdagi 136/1-f-sonli buyrug‘i). Ushbu tavsiyaning joriy qilinishi institut ta’lim xizmatlari sifatiga ta’lim jarayoni qatnashchilarining ta’sirini o‘rganish uchun qo‘llanilgan; 
ta’lim xizmatlari samaradorligi va sifatini baholash me’yorlari tarkibiga ta’lim xizmati darajasini ifodalovchi pedagogik kompetensiya, xalqaro miqyosdagi ilmiy e’tirof hamda ta’lim xizmati iste’moli natijasini  ifodalovchi talabalarning kumulyativ reytingini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilishda, shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan professor-o‘qituvchilarning 2023 yildagi reytingini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mezonlarni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-113-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 01-780-son ma’lumotnomasi, akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2022 yil 27 avgustdagi 136/1-f-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi oliy ta’limda ta’lim xizmatlarining sifatini pedagoglar, kafedralar va oliy ta’lim miqyosida baholash va shu orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratgan;
mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi asosida oliy ta’lim sohasi asosiy faoliyatining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirishning istiqbol dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 89-03-113-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining, ular tarkibida oliy ma’lumotli xodimlarning rivojlanishi va oliy ta’lim tizimining strategik yo‘nalishlarini aniq belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish