Burieva Umida Abdumuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Diskursiv tahlilda voqelangan to‘liqsiz gaplar va ularning sotsiopragmatik xususiyatlari (o‘zbek va ingliz tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil847.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz diskursida voqelangan to‘liqsiz gaplarning lingvistik va pragmatik xususiyatlari hamda ularning sotsiopragmatik ko‘rsatkichlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning qo‘llanilishida ijtimoiy (erkak va ayollar, bolalar, yoshlar va keksalar nutqida) xoslanishi, so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi turli nutqiy aktlarning faollashuvi, ularda tagma’no va peresuppozisiyaning berilishi hamda foydalanuvchilarning kommunikativ maqsadni bevosita va bilvosita ifodalanishi kabi sotsiopragmatik xususiyatlari dalillangan;
o‘zbek substansial tilshunosligida mavjud to‘liqsiz gaplar ingliz tilshunosligida berilgan bu birliklardan tuzilish jihatdan farqlanishi hamda ularning shakli, yasalishi, vazifasi va mohiyati kabi lingvistik, struktur-semantik tuzilishidagi buyruq, iltimos, talab, istak-xohish kabi pragmatik va (gender, mavqei, yoshiga ko‘ra) sotsiolingvistik xususiyatlari asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning chog‘ishtirma tahlilida diskursning kommunikativ roli, matn shakllantirish xususiyatlari o‘rganilib, ularning kommunikativ-pragmatik mazmun ifodasini belgilovchi lisoniy xususiyatiga ega bo‘lishi hamda diskursiv tamoyillar qatorida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning ot, fe’l, sifat kabi so‘z turkumlarining tushirib qoldirilishi hamda fe’l, sifat, sifatdosh, ot-kesim bilan ifodalanishi kabi jihatlari va gap lisoniy qolipida ba’zi gap bo‘laklarining ifodalanmasligi kabi struktur xususiyatlari turli diskurslarda uchrashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diskursiv tahlilda voqelangan to‘liqsiz gaplar va ularning sotsiopragmatik xususiyatlari (o‘zbek va ingliz tillari misolida) mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning qo‘llanilishida ijtimoiy (erkak va ayollar, bolalar, yoshlar va keksalar nutqida) xoslanishi, so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi turli nutqiy aktlarning faollashuvi, ularda tagma’no va peresuppozisiyaning berilishi hamda foydalanuvchilarning kommunikativ maqsadni bevosita va bilvosita ifodalanishi kabi sotsiopragmatik hususiyatlariga oid xulosalardan Urganch davlat universitetining Erasmus+dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” (2017-2020 yy.) mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2021 yil 8 sentyabrdagi 06-200/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillarini o‘rganish jarayonida to‘liqsiz gaplarning sotsial hoslanishi, nutqiy aktlarda faollashuvi va kommunikativ maqsadning bevosita va bilvosita ifodalanish imkoniyati yaratilgan;
o‘zbek substansial tilshunosligida mavjud to‘liqsiz gaplar ingliz tilshunosligida berilgan bu birliklardan tuzilish jihatdan farqlanishi hamda ularning shakli, yasalishi, vazifasi va mohiyati kabi lingvistik, struktur-semantik tuzilishidagi buyruq, iltimos, talab, istak-xohish kabi pragmatik va (gender, mavqei, yoshiga ko‘ra) sotsiolingvistik xususiyatlariga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 10 sentyabrdagi 231/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tilshunosligida to‘liqsiz gaplarning tuzilish jihatdan farqlanishi hamda ularning o‘ziga xos lingvistik, pragmatik va sotsiolingvistik xususiyatlari nazariy hamda amaliy asoslarini aniqlash, til taraqqiyotida uning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganishga hizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning chog‘ishtirma tahlilida diskursning kommunikativ roli, matn shakllantirish xususiyatlari o‘rganilib, ularning kommunikativ-pragmatik mazmun ifodasini belgilovchi lisoniy xususiyatiga ega bo‘lishi hamda diskursiv tamoyillar qatorida namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” (2020-2021 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 15 sentyabrdagi 01/4-1574-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘liqsiz gaplar va ularning o‘zbek hamda ingliz tillaridagi qiyosi, diskursda ifodalanishi, sotsiopragmatik tahlil qilinishi, unda tilning ijtimoiy ixtisoslashuvi, shuningdek, ingliz va o‘zbek badiiy asarlaridagi diskursning holati badiiy asarlardagi misolida qiyosiy aspektda o‘rganilishidan foydalanilgan. Lug‘atda inson fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tavsifi yanada mukammallashtirish imkonini bergan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi to‘liqsiz gaplarning ot, fe’l, sifat kabi so‘z turkumlarining tushirib qoldirilishi hamda fe’l, sifat, sifatdosh, ot-kesim bilan ifodalanishi kabi jihatlari va gap lisoniy qolipida ba’zi gap bo‘laklarining ifodalanmasligi kabi struktur xususiyatlari turli diskurslarda uchrashiga oid ilmiy nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy telekanalining “Minbar” nomli ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2021 yil 13 iyundagi 01-16-1-519-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilshunosligida to‘liqsiz gaplarning o‘rganilishini tahlil qilish orqali ularning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari nutq uslublarida va badiiy matnda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi haqida teletomoshabinlarni bilimi oshishiga xizmat qilgan.