Musaev Dilshod Askardjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda geografiya o‘qitishni takomillashtirish texnologiyasi (8-sinf misolida)”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3706.
Ilmiy rahbar: Po‘latova Parida Muxiddinovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabova Zulfiya Norbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Fedorko Viktor Nikolaevich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga geografiya o‘qitish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda geografiya o‘qitishda maxsus xaritalardan foydalanish texnologiyasi maxsus rel`efli xaritalar geografik ob’ektlar mohiyatini aks ettiradigan tushunchalar brayl’ shriftidagi rel`efli UV-print xaritalardan foydalanish hamda bo‘rtma tasvirni ifoda qiladigan shartli belgilar tizimini kiritish asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga geografiya fanini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarni ko‘rish analizatori funksiyalari holatiga mos ergonomik shart-sharoitlar yaratish, tasvirni qismlarga ajratib cheklangan maydonlarga singdirish hamda rangli va rel`efli usullarni sifatli tasavvurlarni hosil qilish uchun uyg‘unlashtirib ixtiyoriy o‘zini-o‘zi boshqarishga ichki zaruriyatni bosqichma-bosqich vujudga keltirish asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga geografiya fanini o‘qitish samaradorligi rel`efli tasvir, rel`eflar kombinatsiyasi, brayl’ shriftida izohli matnlar kiritish hamda diagramma va chizmalarni qo‘l bilan sezsa bo‘ladigan darajada bo‘rttirib ishlash imkonini beruvchi maxsus vizual materiallardan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda geografiya fanini o‘qitishda kompyuter texnologiyalari va mul`timedia vositalaridan rivojlantiruvchi ta’lim komponentlarining mazmuniga ko‘ra effektiv ravishda foydalanish metodikasi onlayn tarzda ishlaydigan sahifalar hamda messenjerlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga geografiya o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda geografiya o‘qitishda maxsus xaritalardan foydalanish texnologiyasi maxsus rel`efli xaritalar geografik ob’ektlar mohiyatini aks ettiradigan tushunchalar brayl’ shriftidagi rel`efli UV-print xaritalardan foydalanish hamda bo‘rtma tasvirni ifoda qiladigan shartli belgilar tizimini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imokniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audikitob ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 martdagi 02-07-697/04-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizda ilk bor ko‘rishida nuqsoni bor o‘quvchilarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun bo‘rtma xaritalarni nashr qiliqshga ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qildi;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga geografiya fanini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarni ko‘rish analizatori funksiyalari holatiga mos ergonomik shart-sharoitlar yaratish, tasvirni qismlarga ajratib cheklangan maydonlarga singdirish hamda rangli va rel`efli usullarni sifatli tasavvurlarni hosil qilish uchun uyg‘unlashtirib ixtiyoriy o‘zini-o‘zi boshqarishga ichki zaruriyatni vujudga keltirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imokniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audikitob ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 martdagi 02-07-697/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 8-sinf o‘quvchilari geografiya fanini o‘zlashtirish samaradorlik darajasini oshirishga erishilgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga geografiya fanini o‘qitish samaradorligi rel`efli tasvir, rel`eflar kombinatsiyasi, brayl’ shriftida izohli matnlar kiritish hamda diagramma va chizmalarni qo‘l bilan sezsa bo‘ladigan darajada bo‘rttirib ishlash imkonini beruvchi maxsus vizual materiallardan foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imokniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audikitob ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 martdagi 02-07-697/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar geografiya darslarida mul`timedialardan foydalanish samaradorligi oshgan;
ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda geografiya fanini o‘qitishda kompyuter texnologiyalari va mul`timedia vositalaridan rivojlantiruvchi ta’lim komponentlarining mazmuniga mos effektiv ravishda foydalanish metodikasi onlayn tarzda ishlaydigan sahifalar hamda mesenjerlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imokniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audikitob ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 11 martdagi 02-07-697/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun geografiya fani bo‘yicha qo‘shimcha mustaqil ta’lim va o‘z kompetensiyalarini oshirish metodikasi takomillashtirilgan.