Obloqulov Javlonbek Jaloliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot globallashuvi jarayonida o‘spirinlar dunyoqarashidagi salbiy o‘zgarishlarning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Psi39.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Jabborov Hazrat Husenovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot globallashuvi jarayonida o‘spirinlar dunyoqarashidagi salbiy o‘zgarishlarning psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot globallashuvi sharoitida o‘spirinlarning axloqiy-ma’naviy taraqqiyoti darajasiga ko‘ra ijtimoiy-xulqiy, xususiyatlarni idrokning tanlovchanlik sifatlari ta’sirida rivojlanishi shaxs dunyoqarashining ijtimoiy-perseptiv jihati ekanligi asoslangan;
o‘spirinlar dunyoqarashi shakllanishiga destruktiv axborotlarning ta’siri natijasida kommunikativ, irodaviy sifatlar integratsiyasini hissiy sezgirlik prizmasida idrok etilishiga muvofiq axborotga nisbatan ta’sirchanlikning differensial xususiyatlari dalillangan;
destruktiv axborotlarning o‘spirinlar dunyoqarashiga salbiy ta’sirini bartaraf etishda ekstraversiya, intraversiya xususiyatlarini hissiy barqarorlik negizida differensial namoyon bo‘lishiga tayanib axborot xurujlariga qarshi shaxsda informatsion-psixologik xavfsizlikni tarkib toptirish lozimligi dalillangan;
o‘spirinlar dunyoqarashini ma’naviy tajovuzlardan himoya qilishga korreksion ta’sir etishda axborotga nisbatan tolerant munosabatni kognitiv jihatiga ustuvorlik berish orqali ilmiy dunyoqarash motivlarini shakllantirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot globallashuv jarayonining o‘spirinlar dunyoqarashidagi salbiy o‘zgarishlar psixodiagnostikasi va korreksiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
axborot globallashuvi sharoitida o‘spirinlarni aqliy, axloqiy-ma’naviy taraqqiyoti darajasiga ko‘ra ijtimoiy-xulqiy, refleksiv komponentlarni idrokning tanlovchanlik xususiyatlari ta’sirida rivojlanganligi tufayli shaxs dunyoqarashining ijtimoiy-perseptiv tomonlariga doir takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 25 oktyabrdagi 13/09-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan psixokorreksion ishlarda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2019 yil 25 sentyabrdagi 01/433/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘spirinlar dunyoqarashiga axborot globallashuvi jarayoni salbiy ta’sirini o‘rganish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘spirinlar dunyoqarashi shakllanishiga destruktiv axborotlarning ta’siri natijasida kommunikativ, irodaviy sifatlar integratsiyasini hissiy sezgirlik prizmasida idrok etilishiga asoslanib axborotga nisbatan ta’sirchanlikning differensial xususiyatlari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 25 oktyabrdagi 13/09-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Alohida ehtiyoji bor bolalarning muammolarini o‘rganish» moduliga kiritilgan. (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2019 yil 25 sentyabrdagi 01/433/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar dunyoqarashiga axborot globallashuvi jarayoni salbiy ta’sirini baholash samaradorligini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi xulosalar boyitilgan;
destruktiv axborotlarning o‘spirin dunyoqarashiga ta’sirini bartaraf etishda ekstraversiya, intraversiya xususiyatlarini hissiy barqarorlik negizida differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib kommunikativ xususiyatlarning rivojlanganlik darajasi muhim ekanligiga doir tavsiyalardan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 25 oktyabrdagi 13/09-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Axborot konsalting xizmati» loyihasida foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2019 yil 25 sentyabr` oyidagi 01/433/1-son ma’lumotnomasi). Natijada zararli axborotlarning o‘spirinlar dunyoqarashiga salbiy ta’sirini bartaraf etishning psixoprofilaktik tizimini qo‘llash samaradorligi oshirilgan;
o‘spirinlar dunyoqarashini ma’naviy tajovuzlardan himoya qilishda axborotga nisbatan tolerant munosabatni kognitiv jihatiga ustuvorlik berish orqali ilmiy dunyoqarash motivlarini shakllantirish zaruratiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 25 oktyabrdagi 13/09-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Psixokonsul`tatsiya. Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2019 yil 25 sentyabrdagi 01/433/1-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsni psixofiziologik ta’sirlardan himoya qilishda muayyan samaradorlikka erishilgan.