Xudoyqulova Gulshoda Baxronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabda kichik guruhlar doirasidagi o‘quvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/P100.
Ilmiy raxbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdumajidova Dildora Raxmatullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabda kichik guruhlar doirasidagi o‘quvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari asosida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik rasmiy va norasmiy guruhlarda guruhiy faollik, shaxslararo munosabatlar motivatsiyasining shakllanishiga ko‘ra, sintonik muloqotga empatiyaviy yo‘nalganlikni singdirish orqali ijtimoiy xususiyatlarga ustivorlik berish natijasida o‘quvchilardagi qat’iylik, mustaqillik sifatlarining dinamik rivojlanishi mumkinligi asoslangan;
maktabda kichik rasmiy va norasmiy guruhlardagi har bir o‘quvchi shaxsida milliy qadriyatlarga mos ijtimoiy rollarning identifikatsiyalashuvi interpersonal shaxs sifatlrini differensial namoyon bo‘lishiga muvofiq o‘zaro hamkorlik hissini rivojlanishiga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan psixologik xizmatning muhim omili ekanligi dalillangan;
kichik guruh a’zolaridagi hissiy qobiliyatlar, ijobiy xulq-atvor motivatsiyasi darajalarining namoyon bo‘lishi, «xotirjamlik», «hissiy ko‘tarinkilik», «o‘z-o‘ziga ishonch», «o‘zini adekvat hissiy baholash» mezonlarining shaxslararo munosabatlardagi integrativ ta’siriga tayanib, shaxslilik sifatlariga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
«kichik guruhlarga psixologik xizmat ko‘rsatish moduli» maktabda guruhiy faollik motivatsiyasini barqaror rivojlantirish muhimligiga ko‘ra, «tashkilotchilik», «o‘zaro xabardorlik», «hissiy barqarorlik» komponentlarini biriktirishi orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabda kichik guruhlar doirasidagi o‘quvchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kichik rasmiy va norasmiy guruhlarda guruhiy faollik, shaxslararo munosabatlar motivatsiyasining shakllanishiga ko‘ra, sintonik muloqotga empatiyaviy yo‘nalganlikni singdirish orqali ijtimoiy xususiyatlarga ustivorlik berish natijasida o‘quvchilardagi qat’iylik, mustaqillik sifatlarining dinamik rivojlanishi mumkinligi asoslanganligiga doir ilmiy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1-sonli buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat asoslari» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, markazning kichik guruhlar psixologiyasi yo‘nalishini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga va kichik guruhlarga psixologik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muayyan tushunchalarni ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qilgan;
maktabda kichik rasmiy va norasmiy guruhlardagi har bir o‘quvchi shaxsida milliy qadriyatlarga mos ijtimoiy rollarning identifikatsiyalashuvi interpersonal shaxs sifatlarini differensial namoyon bo‘lishiga muvofiq o‘zaro hamkorlik hissini rivojlanishiga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan psixologik xizmatning muhim omili ekanligi dalillanganligiga doir ilmiy taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarga kichik guruhlardagi shaxslararo faollik motivatsiyasi namoyon etilishining psixologik mezonlarini aniqlash va ilmiy jihatdan tahlil etishga nisbatan malaka-ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
kichik guruh a’zolaridagi hissiy qobiliyatlar, ijobiy xulq-atvor motivatsiyasi darajalarining namoyon bo‘lishi, «xotirjamlik», «hissiy ko‘tarinkilik», «o‘z-o‘ziga ishonch», «o‘zini adekvat hissiy baholash» mezonlarining shaxslararo munosabatlardagi integrativ ta’siriga tayanib shaxslilik sifatlariga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1-sonli buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning kichik guruhlarda shaxslararo va guruhiy faollik motivatsiyasi namoyon etilishining psixologik mezonlarini tahlil qilish va ularga psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonining samaradorligini oshirishga nisbatan malaka-ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
«kichik guruhlarga psixologik xizmat ko‘rsatish moduli» maktabda guruhiy faollik motivatsiyasini barqaror rivojlantirish muhimligiga ko‘ra, «tashkilotchilik», «o‘zaro xabardorlik», «hissiy barqarorlik» komponentlarini biriktirishi orqali takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 martdagi P-M-1-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 5 fevraldagi P-M-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning ilmiy-pedagogik jarayoniga tatbiq etilishi natijasida psixologiya fanlari bo‘yicha dars beradigan professor-o‘qituvchilari faoliyatining uslubiy ta’minotini boyitishga xizmat qilgan.