Muratova Shoista Norbovaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.3 PhD/Psi76. 
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Sog‘inov Nurmat Abdusamatovich psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ochib berish va ularni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-onalarning farzandlarni oilaviy hayotga tayorlashdagi o‘z burchlarini his etishlari, ularning namuna va ibrat sifatida ta’sir ko‘rsatishi, ijtimoiy etukligi, o‘g‘il farzandlarda erkaklarga xos bo‘lgan fazilatlar shakllanishi uchun otalarning talab qilinadigan mas’uliyatlarni ado etishlari, otaning oila boshlig‘i sifatidagi o‘rni, mavqie, oilaga tayyorlashda yosh davri va gender-psixologik jihatlarini hisobga olish, kabi ijtimoiy-psixologik komponetlarini o‘zaro optimallashtirish asosida o‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimi takomillashtirilgan;
o‘smir va o‘spirinlik yoshidagi o‘g‘il bolalarda «baxtli oilaviy hayot», «faol va jushqin hayot», kabi terminal qadriyatlar va «tarbiyalanganlilik», «hayotdan zavqlanish», «ma’suliyat», singari instrumental qadriyatlarning baxtli va mustahkam oilaviy hayotni ta’minlashi aksincha, «ko‘pchilik tomonidan tan  olinish», «fikrlash va xulosa chiqarishdagi mustaqillik», «huzur-halovat», «ratsionalizm», «o‘ziga katta talablar qo‘yish» yo‘nalishida-gi terminal va instrumental qadriyatlarning oila mustahkamligiga salbiy ta’sir etishi izohlanib, ijtmioiy-psixologik mezonlar tuzilishini namoyon qiluvchi kommunikatsion, autoregulyasion, motivatsion faoliyati komponentlari vositasida takomillashtirilgan; 
o‘g‘il bolalarda oilaviy hayotga oqilona munosabatda bo‘lish, hayot qiyinchiliklari haqidagi, oilada ma’naviy-psixologik muhitni yarata olish to‘g‘risidagi, oilaviy hayot haqida sog‘lom fikr ega bo‘lishi,  oila oldidagi mas’uliyat va burch hissini anglab etish, oiladagi ma’naviy muhitni shakllantira oladigan bilimlarga ega bo‘lish, «oilani moddiy ehtiyojlarini qondira oladigan hunarli va kasb egasi bo‘lish kabi tasavvur va tushunchalarning mavjudligi, yoshlarning kelajakda mustahkam va farvon oilaviy hayot kechirishlarining asosiy omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi optimallashtirilgan;
o‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga nisbatan ijtimoiy-psixologik sog‘lom munosabatini ta’minlash va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiluvchi  nikohni milliy qadriyat sifatida e’zozlash, oilaviy o‘zaro moslik, nikoh oldi omillari, yoshlarning oilaviy hayotga etukligi, ularning oila qurish motivlari: oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari, nikohga etuklik davri – oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi etuklik jihatlari, oilaning ma’naviy muhitini shakllantira oladigan, ijtimoiy-psixologik trening mashg‘ulotlari  samaradorligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashningijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ota-onalarning farzandlarni oilaviy hayotga tayorlashdagi o‘z burchlarini his etishlari, ularning namuna va ibrat sifatida ta’sir ko‘rsatishi, ijtimoiy etukligi, o‘g‘il farzandlarda erkaklarga xos bo‘lgan fazilatlar shakllanishi uchun otalarning talab qilinadigan mas’uliyatlarni ado etishlari, otaning oila boshlig‘i sifatidagi o‘rni, mavqie, oilaga tayyorlashda yosh davri va gender-psixologik jihatlarini hisobga olish, kabi ijtimoiy-psixologik komponetlarini o‘zaro optimal-lashtirish asosida o‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimi takomillashtirilganligiga oid xulosalar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2021 yil 14 iyuldagi 6-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Psixologiya – o‘quv-ilmiy  markazi»ning 2021 yil 14 iyuldagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarda o‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik omillari yuzasidan muayyan tushuncha va ma’lumotlarning oshishi ta’minlangan; 
o‘smir va o‘spirinlik yoshidagi o‘g‘il bolalarda «baxtli oilaviy hayot», «faol va jushqin hayot», kabi terminal qadriyatlar va «tarbiyalanganlilik», «hayotdan zavqlanish», «ma’suliyat», singari instrumental qadriyatlarning baxtli va mustahkam oilaviy hayotni ta’minlashi aksincha, «ko‘pchilik tomonidan tan  olinish», «fikrlash va xulosa chiqarishdagi mustaqillik», «huzur-halovat», «ratsionalizm», «o‘ziga katta talablar qo‘yish» yo‘nalishida-gi terminal va instrumental qadriyatlarning oila mustahkamligiga salbiy ta’sir etishi izohlanib, ijtmioiy-psixologik mezonlar tuzilishini namoyon qiluvchi kommunikatsion, autoregulyasion, motivatsion faoliyati komponentlari vositasida takomillashtirilganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2021 yil 14 iyuldagi 6-son buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Psixologiya–o‘quv-ilmiy  markazi»ning 2021 yil 14 iyuldagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi-psixologlarning oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishga tayyorloavchi psixolog mutaxassislarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan; 
o‘g‘il bolalarda oilaviy hayotga oqilona munosabatda bo‘lish, hayot qiyinchiliklari haqidagi, oilada ma’naviy-psixologik muhitni yarata olish to‘g‘risidagi, oilaviy hayot haqida sog‘lom fikr ega bo‘lishi,  oila oldidagi mas’uliyat va burch hissini anglab etish, oiladagi ma’naviy muhitni shakllantira oladigan bilimlarga ega bo‘lish, «oilani moddiy ehtiyojlarini qondira oladigan hunarli va kasb egasi bo‘lish kabi tasavvur va tushunchalarning mavjudligi, yoshlarning kelajakda mustahkam va farvon oilaviy hayot kechirishlarining asosiy omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi optimallashtirilganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi»ning 6-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Psixologiya–o‘quv-ilmiy  markazi»ning 2021 yil 14 iyuldagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi psixologlarda yoshlarni xususan, o‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga tayyorlashda oila-maktab- mahalla hamkorligining ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlarning ortishiga erishilgan; 
o‘g‘il bolalarni oilaviy hayotga nisbatan ijtimoiy-psixologik sog‘lom munosabatini ta’minlash va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiluvchi  nikohni milliy qadriyat sifatida e’zozlash, oilaviy o‘zaro moslik, nikoh oldi omillari, yoshlarning oilaviy hayotga etukligi, ularning oila qurish motivlari: oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari, nikohga etuklik davri – oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi etuklik jihatlari, oilaning ma’naviy muhitini shakllantira oladigan, ijtimoiy-psixologik trening mashg‘ulotlari samaradorligi takomillashtirilganligiga doir amaliy tavsiyalar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi»ning 6-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Psixologiya–o‘quv-ilmiy  markazi»ning 2021 yil 14 iyuldagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi-psixolog mutaxassislarni oila psixologiyasi yo‘nalishida o‘qitishning nazariy va amaliy jihatdan  uzviyligi kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish