Axmedov Farrux Xurshidovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tijorat banklarining tashqi savdoga xizmat ko‘rsatishini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt208.

Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

IITadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining tashqi savdoga xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hujjatlashtirilgan akkreditivlar tarkibida akkreditivning stend-bay turini joriy etish orqali tijorat banklarning tashqi savdoga xizmat ko‘rsatish amaliyoti takomillashtirilgan;

tijorat banklari tomonidan valyuta bozori instrumentlaridan foydalangan holda forvard operatsiyalarini kengaytirish hamda valyutaviy svop bo‘yicha mavjud cheklovlarni olib tashlash yo‘li bilan tashqi savdoga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini oshirish taklifi asoslangan;

tijorat banklarining tashqi savdoni kreditlash bo‘yicha valyuta riskini pasaytirishda tashqi savdo shartnomalarining valyutaviy tarkibini qayta ko‘rib chiqish, bosh rezerv valyutalarda zaxiralar tashkil qilish orqali valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasini oshirish hamda ochiq valyuta pozisiyalari hajmini qisqartirish usullari tavsiya etilgan;

tijorat banklarining tashqi savdoga ko‘rsatadigan hisob-kitob xizmati va undan olinadigan daromad hajmini oshirishda xalqaro hisob-kitob shakllaridan kompleks foydalanish yo‘llari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda tijorat banklarining tashqi savdoga xizmat ko‘rsatishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

eksportyorlar va importyorlarga to‘lov topshiriqnomalari, cheklar, hujjatlashtirilgan akkreditivlar, sof va hujjatli inkassolarning xalqaro hisob-kitob shakllaridan kompleks foydalangan holda hisob-kitob xizmati ko‘rsatish hajmini va olinadigan daromad miqdorini oshirish taklifi Asaka bankining «Banklararo amaliyotlar Departamenti to‘g‘risida»gi 519a-sonli Nizomini ishlab chiqishda hamda «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki amaliyotida joriy qilingan («Asaka» ATBning 2017 yil 8 noyabrdagi №RK-19-01/12243-son va «Ipoteka-bank» ATIBning 2018 yil 5 fevraldagi 12/876-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida valyuta operatsiyalaridan olgan sof daromad Asaka bankda 10,3 foizga, Ipoteka-bankda 24,5 foizga ko‘paygan;

tijorat banklari tomonidan eksportyorlar va importyorlarga valyuta bozori instrumentlaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini oshirish taklifi Asaka bankining «Banklararo amaliyotlar Departamenti to‘g‘risida»gi 519a-sonli Nizomini ishlab chiqishda inobatga olingan («Asaka» ATBning 2017 yil 8 noyabrdagi №RK-19-01/12243-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Asaka bankning forvard operatsiyalari hajmi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 10,6 foizga oshgani holda, valyutaviy svop operatsiyalari bo‘yicha realizatsiya qilinmagan foydasi 7,3 foizga kamaygan;

banklar tomonidan tashqi savdoni kreditlashda yuzaga keladigan valyuta riski darajalarining oshirib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasini oshirish hamda ochiq valyuta pozisiyalari hajmini qisqartirish tavsiyasi Asaka bankining «Banklararo amaliyotlar Departamenti to‘g‘risida»gi 519a-sonli Nizomini ishlab chiqishda inobatga olingan («Asaka» ATBning 2017 yil 8 noyabrdagi №RK-19-01/12243-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga tatbiqi natijasida Asaka bankning svop operatsiyalari bo‘yicha realizatsiya qilinmagan zararlar summasi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 382 mln. so‘mga kamaygan;

tijorat banklarining tashqi savdoga xizmat ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasidan, xususan, AQSh bank amaliyotida keng qo‘llanilayotgan hujjatlashtirilgan akkreditivning stend-bay turidan O‘zbekiston bank amaliyotida foydalanish bo‘yicha taklifi Asaka bank tomonidan amaliyotda qo‘llangan («Asaka» ATBning 2017 yil 8 noyabrdagi №RK-19-01/12243-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida importyorlarning hisobraqamlaridagi valyuta mablag‘laridan foydalanish samaradorligi oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish