Latipova Umida Yusufboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda ijodiy faollik motivatsiyasi shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P145.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Sharafutdinova Xadicha Gulyamutdinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning ijodiy faollik motivatsiyasi shakllanishining psixologik xususiyatlarini ochib berish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ijodiy faollik motivatsiyasi shakllanishiga ta’sir etuvchi ijodiy tafakkurning kreativlik omillari bilan bog‘liqligi shaxsiy va kasbiy faoliyatlarida «orginallik», «ijodiy tafakkur», «qiziquvchanlik», «kasbga ijodiy munosabat» bilan uyg‘un shakllanishi tufayli ijtimoiy faollikni rivojlantirishning gender tafovutlari mavjudligi dalillangan;
ijodiy faoliyat motivatsiyasi shakllanishiga ta’sir etuvchi individual psixologik xususiyatlarni autent baholash natijasida turli nostandart vaziyatlarda yangicha g‘oyalar ishlab chiqishning «majoziy fikrlash», «aniq fikrlash», «ramziy fikrlash» bilan o‘zaro mutanosib rivojlanishi tufayli yosh ko‘rsatkichlari va ijtimoiy tajribalarning adekvat tarzda oshib borishi asoslangan;
talabalar faoliyatida ijodiy faollik motivatsiyasini rivojlanlanishi kognitiv motivlarni yaratuvchanlik faoliyatiga yo‘nalishi orqali turli holatlarga nisbatan «yangilik hissi», «tanqidiylik», «o‘z-o‘zini baholash» omillarini o‘zaro bog‘liqligi tufayli ratsional bilish qobiliyatining shakllanishiga to‘g‘ri proporsionalligi asoslangan;
talabalarda ijodiy faollik motivatsiyasini rivojlantirishda talabalarda «o‘ziga xoslik», «ravonlik», «erkinlik», «jipslashish qobiliyati» komponentlarining integratsiyasi asosida shaxslararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlash mumkinligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ijodiy faollik motivatsiyasi shakllanishining psixologik xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda ijodiy faollik motivatsiyasi shakllanishiga ta’sir etuvchi ijodiy tafakkurning kreativlik omillari bilan bog‘liqligi shaxsiy va kasbiy faoliyatlarida «orginallik», «ijodiy tafakkur», «qiziquvchanlik», «kasbga ijodiy munosabat» bilan uyg‘un shakllanishi tufayli ijtimoiy faollikni rivojlantirishning gender tafovutlari mavjudligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-40-a-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 22 sentyabrdagi PM-40-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba shaxsidagi ijodiy faollik motivatsiyasiga ta’sir etuvchi tanqidiylik, o‘z-o‘zini adekvat baholash ijodiy yo‘nalganlik kabi omillarni aniqlash bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
ijodiy faoliyat motivatsiyasi shakllanishiga ta’sir etuvchi individual psixologik xususiyatlarni autent baholash natijasida turli nostandart vaziyatlarda yangicha g‘oyalar ishlab chiqishning «majoziy fikrlash», «aniq fikrlash», «ramziy fikrlash» bilan o‘zaro mutanosib rivojlanishi tufayli yosh ko‘rsatkichlari va ijtimoiy tajribalarning adekvat tarzda oshib borishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-40-a-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 22 sentyabrdagi PM-40-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar ijodiy faollik motivatsiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlashga doir tashxis metodikalarini tizimlashtirish bilan bog‘liqligi asoslangan;
talabalar faoliyatida ijodiy faollik motivatsiyasini rivojlanlanishi kognitiv motivlarni yaratuvchanlik faoliyatiga yo‘nalishi orqali turli holatlarga nisbatan «yangilik hissi», «tanqidiylik», «o‘z-o‘zini baholash» omillarini o‘zaro bog‘liqligi tufayli ratsional bilish qobiliyatining shakllanishiga to‘g‘ri proporsionalligi asoslangan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida yoshlarga oid ijtimoiy tadbirlar ish samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 30 noyabrdagi 02-08/428-son ma’lumotnomasi va dalolatnomasi). Natijada talabalarda kreativlik va ijodiy faollik komponentlarining muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi orqali namoyon bo‘lishi va rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
talabalarda ijodiy faollik motivatsiyasini rivojlantirishda talabalarda «o‘ziga xoslik», «ravonlik», «erkinlik», «jipslashish qobiliyati» komponentlarining integratsiyasi asosida shaxslararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlash mumkinligi dalillangan takliflar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga qo‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi V.Uzluksiz ma’naviy tarbiya yo‘nalishi «45 bandi» Bolalar va o‘smirlarni ma’naviy tarbiyalashda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning milliy tarbiya borasidagi ilg‘or yutuqlarini o‘rganish, halqaro ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, halqaro qonferensiyalar o‘tkazish, ilmiy-metodik adabiyotlar, risolalar chop etishda dissertatsiya materiallaridan markazning targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 24 dekabrdagi 02/02-1753-son dalolatnomasi). Natijada, ijodiy faoliyat motivatsiyasi tushunchasiga yangicha nazariy-ilmiy talqinlar kiritilishida ilmiy ma’lumotlarni asoslashga erishilgan.