Jumaniyazova Ilmira Kamiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Insul`t o‘tkazgan bemorlar emotsional holatlarining psixologik xususiyatlari», 19.00.04 – Tibbiy va maxsus psixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/P187.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ibodullaev Zarifboy Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi insul`t o‘tkazgan bemorlarning emotsional holatlarini o‘rganish orqali bemorlarga reabilitatsiya jarayonini takomillashtirishda yordam beruvchi tibbiy-psixologik xizmat sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayot sifati ko‘rsatkichlarining insul`t kasalligi rivojlanishi, kechishi va davolanishga ta’siri natijasida bemorlarning kasallikka munosabatiga vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning intensiv singib borishi asosida depressiya darajasini ortishi tufayli, psixik salomatlik hamda emotsional holatlar bilan shartlangan rolli faoliyatning namoyon bo‘lishida individual xususiyatlarning ustuvorligi dalillangan; 
insul`t o‘tkazgan bemorlarning kasallikka munosabatining diffuz holda uchrashiga ko‘ra, nevrasteniya, xavotirlanuvchanlik, apatik, senzitiv, egotsentrik sifatlarni beqaror psixoemotsional holat ta’sirida kuchayishi tufayli shaxs individual tipologik xususiyatlarida differensial farqlar kuzatilishi asoslangan;
davolanishning turli davrlarida bo‘lgan bemorlardagi hayot sifati ko‘rsatkichlarini psixik salomatlikka ta’siri natijasida shaxsning «o‘z-o‘zini his qilishi», «faollik»ni reaktiv xavotirlanish prizmasida idrok qilinishiga asoslanib, emotsional holatlar differensiatsiyasi kuzatilishi dalillangan;
ishemik insul`t tashxisi qo‘yilgan bemorlarning psixik salomatligini barqarorlashtirishda kognitiv, ijodiy, motivatsion-irodaviy, ijtimoiy sohalarga autogen ta’sirni muhimligiga ko‘ra, emotsional holatlarga ekzistensial-korreksion yondashuvning zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarning emotsional xolatlarining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
hayot sifati ko‘rsatkichlarining insul`t kasalligi rivojlanishi, kechishi va davolanishga ta’siri natijasida bemorlarning kasallikka munosabatiga vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishning intensiv singib borishi asosida depressiya darajasini ortishi tufayli, psixik salomatlik hamda emotsional holatlar bilan shartlangan rolli faoliyatning namoyon bo‘lishida individual xususiyatlarning ustuvorligi dalillangani to‘g‘risida Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2022 yil 15 iyundagi P-M-05-m sonli buyrug‘i bilan «Psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy Markazining 2022 yil 15 iyundagi P-M-05-m-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning insul`t kasalligini davolashga ta’sir qiluvchi, hayot sifati ko‘rsatkichlari, emotsional holatlari, kasallikka munosabat tiplari borasida ilmiy-nazariy tayyorligini sifat jihatdan oshirishga qaratilgan uslubiy ma’lumotlar bilan boyitishga erishilgan;
insul`t o‘tkazgan bemorlarning kasallikka munosabatining diffuz holda uchrashiga ko‘ra, nevrasteniya, xavotirlanuvchanlik, apatik, senzitiv, egotsentrik sifatlarni beqaror psixoemotsional holat ta’sirida kuchayishi tufayli shaxs individual tipologik xususiyatlarida differensial farqlar kuzatilishi asoslangan ilmiy xulosalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8-7-7/726-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida bemorlarning xavotirlanish, kasallikka munosabat, kayfiyat kabi emotsional soha buzilishlari, o‘zgarishlarni aniqlash asosida davolashda differensial farqlarni e’tiborga olish imkonini bergan;
davolanishning turli davrlarida bo‘lgan bemorlardagi hayot sifati ko‘rsatkichlarini psixik salomatlikka ta’siri natijasida shaxsning «o‘z-o‘zini his qilishi», «faollik»ni reaktiv xavotirlanish prizmasida idrok qilinishiga asoslanib, emotsional holatlar differensiatsiyasi kuzatilishi dalillangan ilmiy tavsiyalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8-7-7/726-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida olingan psixodiagnostik tahlillar tibbiy psixologiya amaliyotida bemorlarning nafaqat kasallikni o‘zini, balki har bir davrga mos emotsional holatlar differesiatsiyasi e’tiborga olgan holatda bajarilishi asosida tibbiy-psixologik yordam samardorligini kuchaytirish imkonini bergan; 
ishemik insul`t tashxisi qo‘yilgan bemorlarning psixik salomatligini barqarorlashtirishda kognitiv, ijodiy, motivatsion-irodaviy, ijtimoiy sohalarga autogen ta’sirni muhimligiga ko‘ra, emotsional holatlarga ekzistensial-korreksion yondashuvning zarurati asoslangan haqida ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2022 yil 15 iyundagi P-M-05-m sonli buyrug‘i bilan «Psixodiagnostika» va «Psixogigiena» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy Markazining 2022 yil 15 iyundagi P-M-05-m-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida insul`t o‘tkazgan bemorlarning kognitiv, ijodiy, motivatsion-irodaviy sohalariga ekzistensial-korreksion yondashuv asosida emotsiol holatlari barqarorlashishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish