Sadriddinova Nigora Xusniddin qizining
falsafa doktori (Ph.D) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik klasterlarining eksport salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1144.
Ilmiy rahbar: Umarxo‘djaeva Muyassarxon G‘anievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida to‘qimachilik klasterlarining eksport salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi korxonalarda ijtimoiy standartlar (BSCI, Sedex) talablari va auditorlik tekshiruvi bo‘yicha ko‘nikmaga ega xodimlarni jalb etish hamda standartlarni olmoqchi bo‘lgan korxonalar guruhlangan ro‘yxatiga kiritish orqali xarajatlarni 30 foizga qadar qisqartirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik klasterlarining eksport salohiyatidan foydalanish darajasini xalqaro miqyosda tan olingan kompaniyalar bilan hamkorlikda to‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlash va standartlashtirish bo‘yicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tizimini shakllantirish orqali oshirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik klasterlari tashkil etishning eksport salohiyatiga ta’siri aniqlanib, klaster tarkibidagi turli funksional tuzilmalarni mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi yo‘nalishlarda tashkil etish va kengaytirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoatining eksport ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillar asosida 2026 yilga qadar Toshkent shahrida to‘qimachilik sanoatini rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik klasterlari tizimini takomillashtirish, ularning eksport salohiyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi korxonalarda ijtimoiy standartlar (BSCI, Sedex) talablari va auditorlik tekshiruvi bo‘yicha ko‘nikmaga ega xodimlarni jalb etish hamda standartlarni olmoqchi bo‘lgan korxonalar guruhlangan ro‘yxatiga kiritish orqali xarajatlarni 30 foizga qadar qisqartirish taklifi kiritilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 16 dekabr`dagi 04/25-3459-son ma’lumotnomasi). Birinchi ilmiy yangilikning «Real-Teks Tashkent» MChJ faoliyatiga joriy etilishi korxonada standart talablarini bajarish imkoniyatini kengaytirish, o‘z navbatida, to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish xarajatlarini 7,3% pasaytirishga imkon berdi, «OQ SAROY KLASTER» MChJda bu ko‘rsatkich 5,2%ga pasaytirildi;
To‘qimachilik klasterlarining eksport salohiyatidan foydalanish darajasini xalqaro miqyosda tan olingan kompaniyalar bilan hamkorlikda to‘qimachilik mahsulotlarini sertifikatlash va standartlashtirish bo‘yicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tizimini shakllantirish orqali oshirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 16 dekabrdagi 04/25-3459-son ma’lumotnomasi). Ikinchi ilmiy yangilikning «Real-Teks Tashkent» MChJ va «OQ SAROY KLASTER» MChJ faoliyatiga joriy etilishi korxonaning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari tashqi bozorda raqobatli ustunlik va barqarorlik dasturini ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan;
To‘qimachilik klasterlari tashkil etishning eksport salohiyatiga ta’siri aniqlanib, klaster tarkibidagi turli funksional tuzilmalarni mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi yo‘nalishlarda tashkil etish va kengaytirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 16 dekabrdagi 04/25-3459-son ma’lumotnomasi). Uchinchi ilmiy yangilikning «Real-Teks Tashkent» MChJ va «OQ SAROY KLASTER» MChJ faoliyatiga joriy etilishi korxonaning resurslar salohiyatini qayta baholash uchun asos yaratdi, u esa, o‘z navbatida, «Real-Teks Tashkent» MChJda to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish darajasini 6,2% oshirishga imkon bergan, «OQ SAROY KLASTER» MChJda bu ko‘rsatkich 4,5%ga oshirilgan;
to‘qimachilik sanoatining eksport ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillar asosida 2026 yilga qadar Toshkent shahrida to‘qimachilik sanoatini rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 16 dekabrdagi 04/25-3459-son ma’lumotnomasi). To‘rtinchi ilmiy yangilikning «Real-Teks Tashkent» MChJ va «OQ SAROY KLASTER» MChJ faoliyatiga joriy etilishi eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni markazlashtirishga imkon berdi, bu esa, o‘z navatida, korxonani rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqish uchun asos yaratgan.