Sherbekova Gavhar Yaxshibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buxoro nikoh to‘yi fol`klorining lokal xususiyatlari, janriy tarkibi va badiiyati», 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2136.
Ilmiy rahbar: Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Olim Sadriddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xudayqulova Latifa Avazovna, filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro nikoh to‘yi marosimi fol`klorining janrlar tarkibi, genezisi va tarixiy-tadrijiy rivoji, unga aloqador marosim qo‘shiqlarining o‘ziga xos lokal xususiyatlari va badiiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro nikoh to‘yi fol`kloridagi qator udumlarga aloqador oilaviy-maishiy munosabatlar, rasm-rusmlar, to‘y marosimlarida ijro etilgan ramziy-ritual aytimlar, qo‘shiqlarning ruhiy-fiziologik, ruhiy-psixologik, ritual-magik, ritual-axloqiy, himoyalash, sotsial-ijtimoiy, etnografik, etnopedagogik, kommunikativ (aloqa bog‘lash), katarsis, badiiy-estetik, holati aniqlangan;
Buxoro nikoh to‘yi fol`klori tarkibiga mansub yor-yor, yo‘qlov yor-yor, o‘lan, lapar, salomnomaxonlik, kelinsalom, xush keldingiz, muborakbod, kelin o‘tirsin, kuyov o‘tirsin, kuyovsalom, jar yoki huy-bale, antalhodiy, kuyovto‘rayu kelin va qudalar ta’rifi, muxammasxonlik, olqish kabi janrlar an’anaviyligi, ommabopligi, genezisi, hayotiy-maishiy ildizlari, ijro bosqichlari isbotlangan;
Buxoro nikoh to‘yida «Yor-yor, yoroni», «Ishimma» kabi betakror qo‘shiqlar kuylanishi, hudud to‘y aytimlarida unga xos flora-fauna, toponimlar, sheva, zullisonaynlik, urf-odatlar, xalq dunyoqarashi va e’tiqodiy qarashlari, turmush predmetlari, kiyim-kechak va taqinchoqlar obrazlantirilgani hamda motivlashtirilgani gomogen (bir xalq doirasida), getrogen (turli xalqlar doirasida) areallar orqali asoslangan;
Buxoro aholisining nikoh to‘yi marosimi fol`kloriga oid badiiyati, umumo‘zbek an’analarining areal-lokal xususiyati mushtarakligi, o‘ziga xos yaxlit kompozision butunligi, psixologik va badiiy-estetik jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro nikoh to‘yi fol`klorining lokal xususiyatlari, janriy tarkibi va badiiyatini aniqlash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro nikoh to‘yi marosimi fol`kloriga oid badiiyati, umumo‘zbek an’analarining areal-lokal xususiyati mushtarakligi, o‘ziga xos yaxlit kompozision butunligi, psixologik va badiiy-estetik qarashlarga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-Fl-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (20l7-2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 31 martdagi 17 02/70 son ma’lumotnomasi). Natijada, nikoh to‘yi marosimi fol`klorida o‘ziga xos janrlar borligi asoslar bilan boyitilgan;
Buxoro nikoh to‘yi fol`kloridagi qator udumlarga aloqador oilaviy-maishiy munosabatlar, rasm-rusmlar, to‘y marosimlarida ijro etilgan ramziy-ritual aytimlar, qo‘shiqlarning ruhiy-fiziologik, ruhiy-psixologik, ritual-magik, ritual-axloqiy, himoyalash, sotsial-ijtimoiy, etnografik, etnopedagogik, kommunikativ (aloqa bog‘lash), katarsis, badiiy-estetik, holatiga doir ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G006 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (20l5-2017 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 31 martdagi 17 02/71 son ma’lumotnomasi). Natijada, nikoh to‘yi marosim fol`kloriga aloqador qo‘shiqlarning an’anaviy motiv va obrazlari, badiiy tili va poetik qurilishi tahliliy materiallar bilan boyitilgan;
Buxoro nikoh to‘yi fol`klori tarkibiga mansub turli janrlar an’anaviyligi, ommabopligi, genezisi, hayotiy-maishiy ildizlari, ijro bosqichlariga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom, Buxoro», «Asrlarining asraganlari», teledasturlarida, shuningdek, «Muloqot va munozara», «Qadriyatlar qadim beshigi», radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda (2021-2022-yillar) foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 martdagi 1/66-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro nikoh to‘yi fol`klorining lokal xususiyatlari, janriy tarkibi va badiiyatini targ‘ib qilishga erishilgan.
Buxoro nikoh to‘yi fol`klori janrlarining o‘rganish masalalarini keng ommaga targ‘ib qilishga doir ishning tahlil va xulosalaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi «Nilufar» adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarida, to‘y marosimlari, maishiy marosim tanlovini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 11 martdagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada nikoh to‘yi qo‘shiqlarining lokal xusuxsiyatlari, janriy tarkibi va badiiyatiga oid qarashlavri joylardagi adabiy to‘garaklar, xalq badiiy jamoalari a’zolarining bu boradagi fikrlarini boyitishga, repertuarlarini kengaytirishga xizmat qilgan.