Tosheva Dildora Iskandarovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida ekologik tarbiyalash (tabiiy fanlar misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1085. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.  
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni milliy qadriyatlar asosida ekologik tarbiyalash metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dastlabki idrok etish jarayonlarini tashkil etish, milliy ekologik ongini shakllantirish, ekologik bilimlarni chuqur egallash, ularning milliy va ma’naviy tafakkurini rivojlantirish maqsadida o‘z-o‘zini mustaqil tarbiyalash, tabiatga bo‘lgan ijobiy munosabatlarini loyihalashning adaptatsiya, individuallashtirish, vizualizatsiya, interaktivlik tamoyillarining didaktogen xususiyatlari aniqlashtirilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, ekologik dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ijtimoiy, ruhiy va jismoniy faollikni qadriyatli yondashuv negizida “ota-ona o‘giti”, “ustoz maslahati”, madaniy dialog produktiv ta’lim, kreativ topshiriqlar, mul`timediyalar, ko‘rish orqali tasavvurga asoslangan vizual materiallarni kiritish orqali takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarni ekologik tarbiyalash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi interaktiv mashqlar to‘plami “Tabiat – bizning onamiz”, “Tabiatni asraymiz”, “Tabiat insonni boqadi”, “Tabiat bizning do‘stimiz” kabi  intensiv loyihalash dasturlari, vaziyatli masalalar, virtual sayohatlarga asoslangan tarqatma materiallarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ekologik tarbiyalash jarayonini rivojlantirishga yo‘naltirilgan madaniy xulq, odob-axloq, ekologik madaniyat, ekologik bilim, ekologik savodxonlik, ekologik ta’lim berish texnologiyalarini loyihalashga oid rangli tasvirli izohli-ko‘rsatmalar, mul`timediyali o‘quv platformasi kabi elektron ta’lim vositalari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida ekologik tarbiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:   
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dastlabki idrok etish jarayonlarini tashkil etish, milliy ekologik ongini shakllantirish, ekologik bilimlarni chuqur egallash, ularning milliy va ma’naviy tafakkurini rivojlantirish maqsadida o‘z-o‘zini mustaqil tarbiyalash, tabiatga bo‘lgan ijobiy munosabatlarini loyihalashning adaptatsiya, individuallashtirish, vizualizatsiya, interaktivlik tamoyillarining didaktogen xususiyatlariga asoslangan tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv-tarbiyaviy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida ekologik tarbiyalash mazmuni va uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, ekologik dunyoqarashini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ijtimoiy, ruhiy va jismoniy faollikni qadriyatli yondashuv negizida “ota-ona o‘giti”, “ustoz maslahati”, madaniy dialog produktiv ta’lim, kreativ topshiriqlar, mul`timediyalar, ko‘rish orqali tasavvurga asoslangan vizual materiallardan foydalanish haqidagi taklif va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy.) fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida ekologik tarbiyalash mazmuni texnologik yondashuv asosida samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan; 
o‘quvchilarni ekologik tarbiyalash jarayonini rivojlantirishga yo‘naltirilgan madaniy xulq, odob-axloq, ekologik madaniyat, ekologik bilim, ekologik savodxonlik, ekologik ta’lim berish texnologiyalarini loyihalashga oid rangli tasvirli izohli-ko‘rsatmalar va mobil` smart ilovalar, mul`timediyali o‘quv platformasi kabi elektron ta’lim vositalariga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik konfliktologiya” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 375-027-raqamli guvohnoma) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 11 noyabrdagi 04-04/1-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda dars va darsdan tashqari ekologik tarbiyalashga oid o‘quv mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligi oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish