Shamsematova Barno Rixstvaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “ Ingliz va o‘zbek tillarida milliy qadriyatlarni ifoda etuvchi til birliklarining linvokul`turologik tadqiqi (ingliz, amerika va o‘zbek yozuvchilari asarlari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1676.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djusupov Nursultan Maxanbet uli, filologiya fanlari doktori, dotsent; Saidakbarova Saodat Parxadjanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi milliy qadriyatlarni ifoda etuvchi til birliklarining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari nuqtai nazaridan, ularning struktural-semantik, izomorfik va allomorfik jixatlarini o‘rganish asnosida, milliy qadriyatlarga xos leksemalarning kichik mavzuviy guruhlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari badiiy asarlarida milliy qadriyatni ifoda etuvchi til birliklarini lingvomadaniy jihatdan o‘rganish asosida ushbu til birliklarining lingvomadaniyatshunoslik fani doirasida o‘zaro bog‘liqligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tilshunosligida milliy qadriyatga xos birliklarning, jumladan, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar, jamoaviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, moddiy qadriyatlar kabi turlarining mavzuviy guruhlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida milliy qadriyatni ifoda etuvchi bir tarkibli, ikki va undan ko‘p tarkibli barqaror leksema, frazema, sentensema kabi til birliklarining struktural-semantik xususiyatlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida milliy qadriyatni ifoda etuvchi birliklarning, jumladan, sodda so‘zlar, yasama so‘zlar, bir va ikki tarkibli leksemalarning ma’no jihatidan o‘xshash va uch tarkibli leksemalar, juft va qo‘shma so‘zlarning farqli jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida milliy qadriyatni ifoda etuvchi til birliklarini lingvomadaniy tadqiq etish jarayonida qo‘lga kiritilgan natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tilshunosligida milliy qadriyatga xos birliklarning, jumladan, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar, jamoaviy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, moddiy qadriyatlar kabi mavzuviy guruhlariga oid materiallardan 2021 yil 16 iyuldagi PQ-5186-son Qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bajarilgan “Sharq va G‘arb –nodir asarlar jamlanmasi fixristi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha rejasida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 07 martdagi 126/22-son dalolatnomasi). Natijada Evropada kitobchilik paydo bo‘lishidan to XX asrga qadar Sharq va G‘arb ilmiy-madaniy munosabatlariga oid eng noyob va muhim asarlar jamlanmasini tarjima qilish hamda katalogini yaratishda tadqiqot ishi kuchli ta’sir ko‘rsatgan;
ingliz va o‘zbek tillarida milliy qadriyatni ifoda etuvchi bir tarkibli, ikki va undan ko‘p tarkibli barqaror leksema, frazema, sentensemalarning struktural-semantik xususiyatlariga doir materiallardan “O‘zbekiston-islom sivilizatsiyasi markazi” (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) nomli kitobni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 02 martdagi 02-03/1389-son dalolatnomasi). Natijada milliy qadriyatlarni ifoda etuvchi til birliklari struktural-semantik jihatdan bir tizimga solingan va boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida milliy qadriyatni ifoda etuvchi birliklarning, jumladan, sodda so‘zlar, yasama so‘zlar, bir va ikki tarkibli leksemalarining o‘xshash va uch tarkibli leksemalar, juft va qo‘shma so‘zlarining noo‘xshash jihatlariga doir materiallardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun mo‘ljallangan “English for Psychologists”, “English for Tourism and Pilgrimage” nomli o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 02 martdagi 02-03/1389-son dalolatnomasi). Natijada milliy qadriyatni ifoda etuvchi birliklar haqida talabalarda tushuncha va tasavvurlar ko‘lami kengaygan;
ingliz va o‘zbek tillari badiiy asarlarida milliy qadriyatni ifoda etuvchi til birliklari lingvomadaniy jihatdan o‘rganilishi, ushbu til birliklarning lingvomadaniyatshunoslik fani doirasida bir birlari bilan o‘zaro bog‘liqligiga doir xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Oydin hayot live” ko‘rsatuvida, hamda “Foreign languages” telekanalida efirga uzatilgan “Metod” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasining 2022 yil 2 fevraldagi 02-02-228-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi mavjud yondashuvlar ko‘rsatuvlarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.