Abduraxmanov Faxriddin Israilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va o‘zbek tillarida uch aktantli fe’llar semantik guruhlarining transformatsion-distributiv xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fil171.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bakirov Payon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillarida uch aktantli fe’llarning transformatsion-distributiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tillarida uch aktantli fe’llarni tavsiflashning struktur-semantik tamoyillari, ushbu tuzilmalarning transformatsion-distributiv grammatika doirasida elementar til birliklarini modellashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan grammatik kategoriyalarini tasvirlashning nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
struktur-semantik yondashuv asosida rus va o‘zbek tillaridagi uch aktantli fe’llarning semantik va sintaktik paradigmalarini tahlil qilish hamda o‘rganilayotgan birliklar komponentlarining o‘zaro ta’sirining asosiy qonuniyatlari va omillarini aniqlash orqali uch aktantli fe’llarning struktur-semantik xususiyatlari aniqlangan;
sinxroniya kontekstida til materialini tizimlashtirishda N1+V+NV2 modeli bo‘yicha tuzilgan so‘z birikmalarining keng semantik va funksional imkoniyatlari yadroviy konstruksiyani hamda vositali kelishiklarning N3V holatining har xil predloglar bilan kelishi fakul`tativ konstruksiyani tashkil etishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda o‘xshash sintaktik va semantik xususiyatlar uch aktantli gaplarda semantik predikatning mantiqiy va lingvistik kategoriya sifatida o‘z ichiga sub’ekt, birinchi va ikkinchi ob’ekt, strukturaviy darajada esa, ega – fe’lli kesim – vositali to‘ldiruvchi – vositasiz to‘ldiruvchini o‘z ichiga olishi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar materiali asosida uch aktantli fe’llarning semantik mazmuni va munosabatlar ierarxiyasiga ko‘ra fe’l predikatlarining to‘liq tasnifi, komponentlar orasidagi differensial-semantik, valentlik va intension xususiyatlarini ochish orqali strukturaviy sxemalar korpusi asosida uch aktantli fe’lli gaplarning asosiy semantik va struktur turlari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek tillarida uch aktantli fe’llarning transformatsion-distributiv xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
rus va o‘zbek tillarida uch aktantli fe’llarni tavsiflashning struktur-semantik prinsiplari, ushbu tuzilmalarning transformatsion-distributiv grammatika doirasida elementar til birliklarini modellashtirish nazariyasi nuqtai nazaridan grammatik kategoriyalariga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ITD-1, A-1-209 “Magistraturada madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv sharoitida nazariy fanlar bo‘yicha ingliz tilidan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va tilshunoslik atamalarining o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lug‘atini yaratish” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 12 oktyabrdagi 24/4133-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan natijalar tadqiqot loyihasida rus va o‘zbek tillarida barqaror va muntazam hosil qilinadigan konstruksiyalarning bog‘liq semantikali – leksik-semantik sinfning tegishli izohiga ega bo‘lgan sintaktik strukturalarni aniqlash imkonini bergan;
uch aktantli fe’llarning struktur-semantik xususiyatlari faktik material asosida qiyosiy jihatdan uch tomonlama grammatik, semantik va paradigmatik tamoyillariga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining OT-A1-018 raqamli «O‘zbek tiliga oid elektron va bank-moliya atamalarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish» fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 12 fevraldagi 01/6-246-son ma’lumotnomasi). Natijada rus va o‘zbek tillaridagi uch aktantli fe’llarni semantik-struktur tasniflashning nazariy xulosalari va amaliy materialidan foydalanilgan, turli tizimli tillarda uch aktantli fe’llarni qiyosiy o‘rganish tamoyillari ishlab chiqilgan;
rus va o‘zbek tillaridagi uch aktantli fe’llarning semantik va struktur tasniflari, ko‘p sistemali tillarda uch aktantli fe’llarni qiyosiy tamoyillariga oid natijalardan 4-1-61 raqamli «Ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun tilshunoslik bo‘yicha audiokitoblar yaratish» ilmiy-amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 7 oktyabrdagi 16-1837-son ma’lumotnomasi). Natijada uch aktantli fe’llar semantik sinflar transformatsion-distributiv xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash va tavsiflash uchun ilmiy tushunchalardan foydalanilgan, rus va o‘zbek tillarida uch aktantli fe’llarning izomorfik va allomorfik referensiyalari ochib berilgan;
uch aktantli fe’llarning struktur-semantik xususiyatlari faktik material asosida qiyosiy jihatdan uch tomonlama: grammatik, semantik, paradigmatik tamoyillarni ifodalash, o‘rganilayotgan muammoning terminologik bazasini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tizimli va keng ko‘lamli ishlar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining yozuvchi va shoirlarning prozaik va poetik asarlarini tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 11 fevraldagi 01-03/218-sonli ma’lumotnomasi). Natijada prozaik va poetik asarlar strukturasini takomillashuviga xizmat qilgan;
turli tizimli tillarda elementar sodda gaplarning tuzilishi va semantikasini modellashtirish nazariyasi doirasida rus va o‘zbek tillarida uch aktantli fe’llar va ularning morfologik kategoriyalarini tasvirlashning struktur-semantik tamoyillari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy asoslar o‘quv dasturlari, uslubiy qo‘o‘lanmalar hamda 3.2. Zamonaviy tilshunoslikning asosiy yo‘nalishlari; 3.4. Rus tili va adabiyotini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari modullarini ishlab chiqish va tuzishda keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 29 maydagi 10-05/83-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalari lingvistik hodisalarni tahlil va sintez qilishning yangi usullaridan foydalanishga xizmat qilgan.