Xusanov Qaxramonjonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Charm yarim mahsulotiga mexanik ishlov beruvchi texnologik mashinalar dinamikasining nazariy asoslari” mavzusidagi 05.02.03 –“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T108
Ilmiy maslahatchi: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor; Teshaev Muxsin Xudoyberdievich, fizika-matematika fanlari doktori; Safarov Nazirjon, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: charm yarim mahsulotiga mexanik ishlov berish jarayonida uning ilmiy tadqiqot asosini yaratish, texnologiya va texnologik mashinalarni takomillashtirish, qo‘l mexnatini kamaytirish va charm mahsulotining sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siquvchi-tekislovchi stolli mashinaning doimiy burchak tezlik bilan aylanuvchi vallarining umumlashgan metematik modeli qurilgan, ikki va undan ortiq charm yarim mahsulotiga mexanik ishlov beruvchi mashinalarning harakatini birlashtiruvchi va avtomatik tizimni ta’minlovchi “jarayonlararo transportyor” ning ishchi qurilmasi ishlab chikilgan;
birinchi marta servobog‘lanishlarning urinma tashkil etuvchilarini o‘z ichiga olgan harakat tenglamalari tuzilib, uning urinma tashkil etuvchilari boshqarish parametrlari uchun qabul qilingan va ular orqali val juftligining harakatini boshqarish usuli aniqlangan, ya’ni val juftliklariga qo‘shimcha bog‘lanishlar qo‘yilib, ularning to‘la bajarilishi uchun boshqarish parametrlari (vallarning burchak tezliklari va charm yarim mahsuloti tezligi) orasidagi munosabatlar aniqlangan;
golonomli va begolonomli sistemalar uchun bog‘lanishlardan parametrik ozod qilish usuli asosiga olingan sistemaning kengaytirilgan harakat differensial tenglamalaridan foydalanib, tekislovchi valning asosiy parametrlari aniqlangan va sonli echimlari olingan tekislovchi valning doimiy burchak tezligi bilan aylanishini ta’minlangan holda (servoprivod yordamida) tekislovchi valga ta’sir etuvchi kuchlar bilan uning kinematik parametrlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan.
sistemaning kengaytirilgan harakat differensial tenglamalaridan harakatni barqarorligini ta’minlovchi servobog‘lanishlarning urinma tashkil etuvchilarini aniqlash usuli, tekislovchi val hamda val juftligining o‘zgarmas burchak tezligi bilan aylanishidagi asosiy parametrlarining qiymatlarini aniqlash uchun ”harakatni boshqarish” va “turg‘unlik nazariyasi” usullarini qo‘llagan holda texnologik jarayonni barqaror kechishini ta’minlovchi parametrlarning ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Takomillash-tirilgan siquvchi-tekislovchi stolli mashina va jarayonlararo transportyorning mexanizmlari harakatini boshqarish hisobiga olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan siquvchi-tekislovchi stolli mashinasi va jarayonlararo transportyor qurilmasining parametrlari va mexanizmlarini aniq o‘lchamlari “O‘ZChARMSANOAT” uyushmasining (2022 yil 06 oktyabrdagi FB-7/2247-sonli ma’lumotnomasi) «Nafis-Charm» MChJ, «Florantik» XTB, «Premium Leatner» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilish uchun topshirilgan. Natijada teri mahsulotini mashinalarda siqish va tekislash terining charmga aylanish jarayonida uning sifati va samarodorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
ikki va undan ortiq texnologik mashinalarni birlashtiruvchi “Uzunligi va burchagi o‘zgaruvchi jarayonlararo transportyor” qurilmasining asosiy mexanizmlarini boshqaruvchi parametrlari, siqish va tekislash jarayonida hosil bo‘ladigan dinamik faktorlarini kinematik sxemalari va yangi texnik echimlari “O‘ZChARMSANOAT” uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Nigora Dadido» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Natijada qurilmani qo‘llash orqali ikkita operatorni ish o‘rni qisqartirilib, terini charmga aylanish jarayonida uziliksiz avtomatik tizim yaratilgan.