Avazov Yusuf Shodievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p komponentli aralashmalarni ajratishning texnologik majmualari hayotiy siklini intellektual boshqarish», 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T341
Ilmiy maslahatchi: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Ximavtomatika” MChJ QK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik majmualarning hayotiy siklini ko‘rib chiqish nazariyasini takomillashtirish, shuningdek ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish misolida texnologik jarayonlarning hayotiy siklini boshqarish usullari va tizimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik majmualar hayotiy siklini optimal loyihalash nazariyasi takomillashtirilgan va ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usuli asosida loyihalash vaqtini qisqartirishni ta’minlovchi algoritm ishlab chiqilgan; 
ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish majmualari hayotiy siklini uzaytirish imkonini beradigan boshqarish tizimi va onlayn diagnostika algoritmi holat kuzatuvchilari asosida ishlab chiqilgan;
texnologik jarayonlarni boshqarish nazariyasi takomillashtirilgan va ko‘p komponentli aralashmalarni ajratishning texnologik majmualari hayotiy siklini boshqarish samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish imkonini beradigan intellektual tizimi ishlab chiqilgan;
sistemalar hayotiy siklini boshqarish tizimlari asosida ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonining qurilmalari hayotiy siklini uzaytirish imkonini beradigan ajratish jarayonini boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
vaziyatli boshqarishning noaniq modeli asosida mahsulot sifatini oshirish va ajratish jarayonini boshqarishni yaxshilash imkonini beradigan ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonlarini intellektual boshqarish usuli ishlab chiqilgan; 
hayotiy siklning har bir bosqichidagi xarajatlarni hisoblash asosida majmua hayotiy siklini umumiy narxini baholash imkonini beradigan hayotiy sikl davomiyligi va narxini aniqlash uslubiyati taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ajratishning texnologik majmualari hayotiy siklini intellektual boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ko‘rinishda joriy qilingan:
ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonlarini intellektual boshqarish usullari «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda joriy qilingan («O‘ZLITINEFTGAZ» AJ ning 2022 yil «17» oktyabrdagi 35/2771-son ma’lumotnomasi). Natijada ajratish jarayonini boshqarish sifatini yaxshilashga va qurilmalar hayotiy siklini uzaytirishga imkon bergan;
ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usuli asosida texnologik jarayonlar majmualari hayotiy siklini optimal loyihalash algoritmi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda joriy qilingan («O‘ZLITINEFTGAZ» AJ ning 2022 yil «17» oktyabrdagi 35/2771-son ma’lumotnomasi). Natijada ajratish jarayonining majmualarini loyihalash vaqtini qisqartirish imkonini bergan;
ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish texnologik majmuasini intellektual boshqarish tizimi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda joriy qilingan («O‘ZLITINEFTGAZ» AJ ning 2022 yil «17» oktyabrdagi 35/2771-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari ajratishning texnologik majmualari hayotiy siklini boshqarish samaradorligini oshirish va energiya sarfini 3 % ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish