G‘ofirov Azim Jumaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda kuzgi bug‘doyning oziqa rejimini o‘rganish (Sirdaryo viloyati misolida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx555.
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Durdiev Normat Xasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xaydarov Bekmurod Dusiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global iqlim o‘zgarishi sharoitida kuzgi bug‘doyni ochiq va g‘o‘za qator orasiga ekib parvarishlashda turli darajada (sho‘rlanmagan, kuchsiz va o‘rtacha) sho‘rlangan tuproqlarda sug‘orish va ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirish samaradorligini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan, turli darajada (sho‘rlanmagan, kuchsiz va o‘rtacha) sho‘rlangan, o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning “Andijon–2” navini ochiq maydonga ekib parvarishlashda sho‘rlanmagan tuproqlar sharoitida N-190, P-130, K-90 kg/ga me’yorida, “Andijon–4” navini g‘o‘za qator orasiga ekib parvarishlashda kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda gektariga N-160, P-100, K-70 kg/ga me’yorida ma’dan o‘g‘itlar qo‘llash maqbul ekanligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning “Andijon-2” va “Andijon-4” navini g‘o‘za qator orasiga va ochiq maydonda parvarishlashda navbatdagi sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartibda sug‘orilganda tuproq hajm massasi 0,02-0,03 g/sm3 gacha ortganligi, suv o‘tkazuvchanligi 0,30 mm/min dan 0,27 mm/min gacha kamayganligi va berilgan oziq elementlarning umumiy shakli 0,002 % ga, harakatchan shakli esa 0,2 mg/kg gacha oshganligi aniqlangan;
ochiq va g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doyni turli darajada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida sho‘rlanmagan dalada 29,1-30,7; kuchsiz sho‘rlanganda 24,7-25,8 va o‘rtacha sho‘rlanganda 14,9-16,5 s/ga ga don hosili olishga erishilgan;
ochiq va g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doyni turli darajada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida parvarishlanganda don tarkibidagi oqsil miqdori 0,3 foizga, oqsil chiqishi 0,01 t/ga, kleykovina miqdori 0,8 foizga oshishi hisobiga, rentabellik 26,1-27,1 foizga oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo viloyatining turli darajada sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ochiq va g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy navlarini ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Sirdaryo viloyati sharoitida kuzgi bug‘doyning “Andijon-2” va “Andijon-4” navlaridan yuqori sifatli don hosili olish bo‘yicha tavsiyalar” hamda DGU-08352-“Kuzgi bug‘doyda erni sho‘rlanishini baholash” dasturlari ishlab chiqilganligi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 02 avgustdagi № 02/30-04/5170-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyanoma Sirdaryo viloyati sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida hamda agroklasterlarga kuzgi bug‘doyni turli darajada sho‘rlangan tuproqlarida ma’dan o‘g‘itlar me’yorini qo‘llashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60 % tartibda, mavsumiy sug‘orish me’yori 3200 m3/ga hamda g‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doyning “Andijon-4” navini gektariga azot-160, fosfor-100, kaliy-70 kg/ga me’yorda, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60 % tartibda, mavsumiy sug‘orish me’yori 2850 m3/ga suv bilan sug‘orish texnologiyasi Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida Guliston 20,0 gektar, Sayxunobod 20,0 gektar va Xovos tumanida 18,0 gektar, jami 58,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 02 avgustdagi № 02/30-04/5170-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doyning “Andijon-2” va “Andijon-4” navlaridan barcha sho‘rlanish darajalarida yuqori hosil olishga erishilgan;
Sirdaryo viloyatining o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning “Andijon-2” va “Andijon-4” navlaridan yuqori va sifatli don hosili olish uchun sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60 % tartibida sug‘orilgan fonda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini tuproqning sho‘rlanish darajasidan kelib chiqqan xolda qo‘llash texnologiyasi Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi “Nurli zamin tuhfasi” fermer xo‘jaligida 20,0 gektar, Sayxunobod tumanidagi “Sho‘ruzak Nurli kelajak” fermer xo‘jaligida 20,0 gektar va Xovos tumanidagi “Axmad Xodjaev” fermer xo‘jaligida 18,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 02 avgustdagi №02/30-04/5170-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dan o‘g‘itlar miqdorlari tejalishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari oshgan, rentabellik darajasi 15–20 foizni tashkil etgan va gektaridan 1,8–2,4 sentnergacha qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish