Tuxtamishev Mansur Akram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekin sifatida ekilgan soya navlarini etishtirishda egatlab sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx806.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Jizzax ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Mas’udjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida parvarishlangan soyaning “Nafis” va “Orzu” navlaridan yuqori hosil olish uchun maqbul sug‘orish usullari va tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilgan soyaning “Nafis” va “Orzu” navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-65% tartibda sug‘orilganda tuproqning suv-fizikaviy va agrokimyoviy xossalarining o‘zgarishiga ijobiy ta’sir etganligi aniqlangan;
soyaning “Nafis” navini parvarishlashda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisban 75-75-65 % bo‘lganda qator oralari plyonka bilan mul`chalab sug‘orilganda, mavsum davomida 967 m3/ga ni, 1 sentner hosil etishtirish uchun 56 m3 ni, “Orzu” navida esa mavsumiy sug‘orish miqdori 982 m3/ga ni, 1 sentner hosil etishtirish uchun 60,9 m3 ni suv sarflangani aniqlangan;
o‘tloq bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan soyaning “Nafis” navi donida oqsil miqdori 36,1%, moy miqdori 19,39%, “Orzu” navida bu ko‘rsatkichlar oqsil miqdori 34,2% moy miqdori 19,8% gacha bo‘lishi isbotlangan;
takroriy ekilgan soya navlarini qator orasiga plyonka to‘shalgan variantlarda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 75-75-65% tartibida sug‘orliganda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida etishtiriladigan soyani “Nafis” va “Orzu” navlarini sug‘orishning turli usul va tartiblari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
takroriy ekilgan soya navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida “Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan soya navlarining maqbul sug‘orish usuli va tartiblari bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Cuv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 maydagi
№ JG36365367-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va tomorqa er egalari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soyaning “Nafis” va “Orzu” navlarini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-65% tartibda qator orasi plyonka bilan mul`chalab sug‘orish agrotexnologiyalari Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida 13 gektar, Paxtakor tumanida 11,7 gektar, jami 24,7 gektar maydonga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20-maydagi №JG36365367-son ma’lumotnomasi). Natijada, soyaning “Nafis” va “Orzu” navlarini ekish, ularni mavsum davomida sug‘orishlardan oldingi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 75-75-65 % sug‘orish oldi tuproq namligi tuproqning hisobiy qatlami birinchi sug‘orishda 0-50 smda 2-sug‘orishda 0-70 smda 3 marta sug‘orish (urug‘ suvi bilan), bunda xar galgi sug‘orish me’yori 550-600 m3/ga, mavsumiy sug‘orish me’yori 1617 m3/ga dan oshmasligi, bu ko‘rsatkichlar “Orzu” navida 75-75-65 % sug‘orish oldi tuproq namligi bo‘yicha 2 marta bunda, xar galgi sug‘orish me’yori 550-600 m3/ga, mavsumiy sug‘orish me’yori 1632 m3/ga dan oshmasligi aniqlangan;
Jizzax viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari joriy qilinib, soyaning “Nafis” navida 28,8 s/ga don, “Orzu” navida esa 26,8 s/ga hosildorlikka erishilgan va gektaridan 2546,6-2139,9 ming so‘m sof foyda hamda 79,1-66,5%, rentabellikga erishilgan.