Xoshimov Soibjon Abdurazzaqovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sovet hokimiyatining qatag‘on siyosati (1917–1936 yillar)”, 07.00.01 –O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tar33. Ilmiy maslahatchi: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farxod Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vaxobovich, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet davlatining Turkistondagi Favqulodda komissiya (ChK), “inqilobiy” tribunallari GPU, OGPUning O‘rta Osiyodagi Muxtor vakilligi, “uchlik”, “beshlik” kabi kuch ishlatuvchi idoralarining Turkiston Muxtoriyati rahbariyatiga, muxtoriyatni qo‘llab-quvvatlagan aholi vakillariga va boshqa muxolifat guruhlarga nisbatan qo‘llagan ta’qib, tazyiq, sudsiz-so‘roqsiz jazoga tortish, “aybsizdan”-“aybdor” yasash kabi qatag‘on choralari ochib berilgan;
bol`sheviklar hokimiyatining Turkiston ASSR, Xorazm va Buxoro Respublikalarida qurolli harakatni bostirish jarayonidagi o‘z xohishi bilan taslim bo‘lgan harakat qatnashchilariga avflar e’lon qilish, taslim qilingan qo‘rboshilar evaziga pul mukofotlari va’da qilish, harakat qatnashchilari oila a’zolarini qamoqqa olish, mol-mulklarini shartli va shartsiz musodara qilishdan iborat favqulodda chora-tadbirlari, milliy rahbar xodimlarga qarshi qaratilgan dushmanlik kayfiyati, siyosiy ta’qib va cheklovlari aniqlangan;
Buxoro va Xorazmda sovet tuzumining o‘rnatilishi va mustahkamlanishi jarayonida amir va xon hukumati amaldorlari – beklar, xo‘jalar, vaziri mextarlar, devonbegi, eshik og‘asi va ularning oila a’zolarini oziq-ovqat tallonlaridan, ta’lim olish xuquqlaridan, kolxoz va savxozlarga kirishdek fuqorolik, saylov huquqlaridan mahrum etish orqali siyosiy huquqlaridan mahrum qilinganligi, ushbu “xaqsizlar” qatlamining sovet tuzumi ijtimoiy hayotida tutgan yot unsurlik maqomi ochib berilgan;
“Milliy birlik qo‘mitasi”, “18lar guruhi”, “Qosimovchilik”, “Milliy ittihod”, “Milliy istiqlol”, “Inog‘omovchilik”, “Badriddinovchilik”, “Temur guruhi”, “Erk”, “Gap”, “Botirgapchilar”, “G‘ayratlilar” tashkilotlari misolida sovet rejimiga qarshi milliy-siyosiy muxolifatga nisbatan olib borilgan bosim, tazyiq hamda milliy rahbar xodimlarning turli “panturkchi”, “panislomchi”, “o‘ngchilar”, “so‘lchilar”, “millatchilar”, “aksilinqilobchilar” kabi soxta ayblovlar orqali qatag‘on qilinishi dalillar bilan asoslangan;
Turkiston ASSR, O‘zbekiston SSRda din va diniy idoralarga qarshi olib borilgan cheklov siyosati, uning bosqichlari va transformatsiyasi, sovet idoralarining musulmon-ruhoniylarga qarshi qo‘llagan ta’qib-tazyiqlarini yoritish asnosida respublikada maorif-madaniyat va diniy ulamo vakillariga nisbatan yuritilgan qatag‘on siyosatining mohiyati ochib berildi, qatag‘on ko‘lami hamda qatag‘on qilinganlar miqdori birlamchi manbalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917-1936 yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati tarixini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
bol`sheviklar hokimiyatining Turkiston ASSR, Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalarida qurolli harakatni bostirish jarayonidagi harakat qatnashchilariga turli avflar e’lon qilish, taslim qilingan qo‘rboshilar evaziga pul mukofotlari va’da qilish, harakat qatnashchilari oila a’zolarini qamoqqa olish, mol-mulklarini shartli va shartsiz musodara qilish kabi favqulodda chora-tadbirlari, milliy rahbar xodimlarga qarshi qaratilgan siyosiy ta’qib va cheklovlariga oid nazariy xulosalardan Andijon davlat universiteti Tarix ta’lim yo‘nalishi talabalariga “O‘zbekiston tarixi” va maxsus kurs sifatida o‘qitilayotgan “Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati va uning oqibatlari” fanida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 yanvardagi 89-03-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati va uning oqibatlarini to‘laqonli yoritishga xizmat qilgan;
sovet davlatining Turkistonda tashkil etilgan Favqulodda komissiya (ChK), “inqilobiy” tribunallari GPU, OGPUning O‘rta Osiyo Muxtor vakilligi, “uchlik”, “beshlik” kabi kuch ishlatuvchi idoralarining Turkiston Muxtoriyati rahbariyatiga, muxtoriyatni qo‘llab-quvvatlagan aholi vakillariga va boshqa muxolifat guruhlarga nisbatan qo‘llagan qatag‘on choralariga oid ma’lumotlardan Andijon davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining “Sovet hokimiyatining 1917-1936 yillarda amalga oshirgan qatag‘on siyosatining qurbonlari” mavzuidagi 4-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zR VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2019 yil 2 apreldagi 59-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey bo‘limini yangi ma’lumotlar bilan boyitib, O‘zbekistonda sovet hokimiyatining 1917-1936 yillarda aholining turli qatlamlariga nisbatan qo‘llagan qatag‘on siyosati va amaliyotining asl mohiyatini yoritishga xizmat qilgan;
Turkiston ASSR va keyinchalik O‘zbekiston SSRda din va diniy idoralarga qarshi olib borilgan cheklov siyosati, uning bosqichlari va transformatsiyasi, sovet idoralarining musulmon-ruhoniylarga qarshi qo‘llagan ta’qib-tazyiqlarini yoritish asnosida respublikada maorif-madaniyat va diniy ulamo vakillariga nisbatan yuritilgan qatag‘on siyosatini mohiyatini yorituvchi materiallardan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati (1920-1930 yillar)” mavzusidagi ekspozision rejalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-11-08-4310-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar O‘zbekistonda sovet hokimiyatining amalga oshirgan qatag‘on siyosati va uning oqibatlarini to‘laqonli anglashga yordam bergan;
Buxoro va Xorazmda sovet tuzumining o‘rnatilishi va mustahkamlanishi jarayonida amir va xon hukumati amaldorlari – beklar, xo‘jalar, vaziri mextarlar, devonbegi, eshik og‘asi va ularning oila a’zolarini fuqorolik hamda siyosiy huquqlardan mahrum qilinganligi, ushbu “xaqsizlar” qatlamining sovet tuzumi ijtimoiy hayotida tutgan xuquqsizlik maqomiga oid ma’lumotlardan “Meros” ilmiy-amaliy xalqaro ekspedisiya jamoat fondi nashrlarida foydalanilgan (“Meros” ilmiy-amaliy xalqaro ekspedisiya jamoat fondining 2019 yil 17 yanvardagi 4-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar bol`sheviklarning jazolovchi idoralari tomonidan sovet rejimiga qarshi milliy-siyosiy muxolifatga nisbatan qo‘llanilgan bosim, tazyiq, ta’qib, zo‘ravonlik, milliy rahbar xodimlarning qatag‘on domiga tortilishi va ulardan “xalq dushmani”ni “kashf” etilishi dalillar vositasida isbotlanib, keng jamoatchilikda O‘zbekistonda yuritilgan siyosatning asosiy mohiyatini teran anglash imkonini bergan;
“Milliy birlik qo‘mitasi”, “18lar guruhi”, “Qosimovchilik”, “Milliy ittihod”, “Milliy istiqlol”, “Inog‘omovchilik”, “Badriddinovchilik”, “Temur guruhi”, “Erk”, “Gap”, “Botirgapchilar”, “G‘ayratlilar” tashkilotlari misolida sovet rejimiga qarshi milliy-siyosiy muxolifatga nisbatan yuritgan qatag‘on siyosatiga oid ilmiy xulosalardan Germaniyadagi A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH markazdagi tarixiy hisobotlarni shakllantirishda va ularni birlamchi manbalar bilan boyitishda foydalanilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH markazining 2021 yil 4 oktyabrdagi 29-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Milliy birlik qo‘mitasi”, “18 lar guruhi”, “Qosimovchilik”, “Milliy ittihod”, “Milliy istiqlol”, “Inog‘omovchilik”, “Badriddinovchilik”, “Temur guruhi”, “Erk”, “Gap”, “Botirgapchilar”, “G‘ayratlilar” tashkilotlari misolidagi sovet rejimiga qarshi milliy-siyosiy muxolifatga nisbatan qo‘llanilgan bosim, tazyiq, ta’qib hamda milliy rahbar xodimlarning turli soxta asoslar bilan qatag‘on qilinishi dalillar vositasida isbotlanganligi to‘g‘risidagi dissertatsiyaning ilmiy xulosalaridan markazning 1920-1930-yillarga doir arxiv manbalari asosida tayyorlangan al`bomlarini materiallar bilan boyitishga hissa qo‘shgan.