Yaxshiboeva Damira Tolib qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (biotexnologiya fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped818.
Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Yuldashov Murod Xudargonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining biotexnologiya fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.  
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
IV.bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining mustaqil o‘quv faoliyati davomida biotexnologiya fanidan kreativ fikrlash qobiliyatini, faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, refleksivlik, ijodkorlikni oshirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va kompetensiyalarini  rivojlantirishning motivatsion, tuzilmali, adaptiv bosqichlari refleksiv vazifalar, amaliy topshiriqlar hamda kompyuter dasturlari va mobil texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘simlik va hayvon hujayralarini olish, dorivor moddalarni ishlab chiqish, oqova suvlarni tozalash, sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlashni o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv vositalar va amaliy topshiriqlarni individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining faolligini oshirish orqali kreativ, kognitiv fikrlashini rivojlantirish bosqichlarining mazmuni takomillashtirilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining biotexnologiya fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish tuzilmasi amaliy, kompyuterli va mobil texnologiyalarning kreativ kompetentligiga ko‘ra moslash, to‘ldirish va  boyitish asosida takomillashtirilgan;
biotexnologiya fani mustaqil o‘quv faoliyatida adaptiv-reproduktiv texnologiya asosida masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga oid virtual laboratoriyalar, vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslar hamda  axborot-ta’lim muhiti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (biotexnologiya fani misolida) ga oid ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining mustaqil o‘quv faoliyati davomida biotexnologiya fanidan kreativ fikrlash qobiliyatini, faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, refleksivlik, ijodkorlikni oshirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va kompetensiyalarini  rivojlantirishning motivatsion, tuzilmali, adaptiv bosqichlari refleksiv vazifalar, amaliy topshiriqlar hamda kompyuter dasturlari va mobil texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Biotexnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 09 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0767 raqamli guvohnoma). Natijada, bu taklif talabalarning biotexnologiya fanidan mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
o‘simlik va hayvon hujayralarini olish, dorivor moddalarni ishlab chiqish, oqova suvlarni tozalash, sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlashni o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘quv vositalar va amaliy topshiriqlarni individual xususiyatlariga ko‘ra integratsiyalash asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining faolligini oshirish orqali kreativ, kognitiv fikrlashini rivojlantirish bosqichlarining mazmuni takomillashtirishga oid takliflardan “Immunologiya” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari”  nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-049 raqamli guvohnoma). Natijada, bu taklif biotexnologiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining biotexnologiya fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish tuzilmasi amaliy, kompyuterli va mobil texnologiyalarning kreativ kompetentligiga ko‘ra moslash, to‘ldirish va  boyitish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining PZ-2014-0910154408-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ahborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 01/15-09/194-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining biotexnologiya fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish tizimini takomillashtirishga erishilgan;
biotexnologiya fani mustaqil o‘quv faoliyatida adaptiv-reproduktiv texnologiya asosida masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishga oid virtual laboratoriyalar, vebga yo‘naltirilgan onlayn didaktik o‘quv resurslar hamda  axborot-ta’lim muhitini ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining  I-OT-0-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 12 sentyabrdagi 01/15-09/194-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kreativ va kognitiv fikrlashini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish