Raxmanov Baxodir Mirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi O‘zbekiston milliy g‘oyasi rivojida etnomadaniy qadriyatlar omili», 09.00.06 - G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fal650.
Ilmiy rahbar: Hamidov Hojiakbar Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Azamat, falsafa fanlar doktori, professor; Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda milliy g‘oya rivojidagi etnomadaniy qadriyatlar omilining tarixiy-falsafiy yondashuv asosida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy mafkuraning butun etnos manfaatlarini asoslashi, etnosning ijtimoiy faoliyatida va alohida kishilarning hayotida aks etishi jamiyatda mafkuraning konstruktiv roli va etnosning yangi milliy mafkurani qabul qilishi darajasining chuqur deterministik bog‘lanishi sababli dialektik aloqadorligi ochib berilgan;
etnomadaniy qadriyatlarni o‘rganishning tizimli, sinergetik, germenevtik ilmiy-nazariy jihatlari, ijtimoiy-madaniy muhitga moslashtiruvchi, rivojlantiruvchi targ‘ibot usullari ishlab chiqilib, yoshlarni o‘zligini anglashida milliy g‘oyani singdirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, bu borada etnomadaniy qadriyatlar omili va samaradorligini baholash mezonlari asoslab berilgan;
o‘zbek etnomadaniy qadriyatlarning zamonaviy sharoitdagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarda transformatsiyalashgan, o‘zgargan va tarixan saqlanib qolgan konservativ, an’anaviy shakllarining o‘zaro ta’sirlashuv nuqtalari o‘zaro integratsiya jarayonlariga, madaniy almashinuv va etnik o‘zini o‘zi anglashning kuchayishiga olib kelishi, etnik o‘ziga xoslikni saqlashi aniqlangan;
“Milliy yuksalish” g‘oyasini targ‘ib qilishda tarixiy ong va tafakkur, etnomadaniy omilning hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro ta’sirli munosabatlarni shakllantirishdagi konstruktiv ahamiyati, targ‘ibot samaradorligini oshirishga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda madaniy ideallar, milliy g‘oya va milliy optimizmga tayanish, milliy ta’lim madaniyatini tiklash va rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy g‘oya targ‘ibotida etnomadaniy omilining falsafiy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
milliy mafkuraning butun etnos manfaatlarini asoslashi, etnosning ijtimoiy faoliyatida va alohida kishilarning hayotida aks etishi jamiyatda mafkuraning konstruktiv roli va etnosning yangi milliy mafkurani qabul qilishi darajasi chuqur deterministik bog‘lanishi sababli dialektik aloqadorligi ochib berilganligiga doir ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi VI - “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng axoli qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik. millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” yo‘nalishiga oid vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 17 fevraldagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijalar Markazning mamlkatimizda yangi ma’naviy makonni shakllantirish va ma’naiyat sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish hamda ularni samarali amalga oshirishda xizmat qilgan;
etnomadaniy qadriyatlarni o‘rganishning tizimli, sinergetik, germenevtik ilmiy-nazariy jihatlari, ijtimoiy-madaniy muhitga moslashtiruvchi, rivojlantiruvchi targ‘ibot usullari ishlab chiqilib, yoshlarni o‘zligini anglashida milliy g‘oyani singdirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, bu borada etnomadaniy qadriyatlar omili va samaradorligini baholash mezonlariga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 05-12-10-5920-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” bo‘yicha yaratilgan yoshlar tarbiyasi, ma’naviyati va mafkurasiga oid qo‘llanmalarni tayyorlashda hamda 2020 yil 11-25 noyabr` kunlarida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarning samarali o‘tkazilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek etnomadaniy qadriyatlarning zamonaviy sharoitdagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarda transformatsiyalashgan, o‘zgargan va tarixan saqlanib qolgan konservativ, an’naviy shakllarining o‘zaro ta’sirlashuv nuqtalari o‘zaro integratsiya jarayonlariga, madaniy almashinuv va etnik o‘zini o‘zi anglashning kuchayishiga olib kelishi, etnik o‘ziga xoslikni saqlashi aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 22 fevraldagi 14-07-229-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oya xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatini ro‘yobga chiqarishida hamda mamlakatimizda Uchinchi renessans davrining poydevorini qurishga xizmat qiluvchi omil ekanligi to‘g‘risida amaliy tavsiyalardan Qo‘mitaning millatlararo munosabatlar sohasidagi turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarini, ilmiy-amaliy konferensiyalari va seminarlarini tashkil etishda, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
“Milliy yuksalish” g‘oyasini targ‘ib qilishda tarixiy ong va tafakkur, etnomadaniy omilning hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro ta’sirli munosabatlarni shakllantirishdagi konstruktiv ahamiyati, targ‘ibot samaradorligini oshirishga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda madaniy ideallar, milliy g‘oya va milliy optimizmga tayanish, milliy ta’lim madaniyatini tiklash va rivojlantirish imkoniyatlariga doir ilmiy yangiliklari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2021 yiga mo‘ljallangan ish rejasi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022 yil 14 fevraldagi 01/02-15-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida o‘z oldiga elektorati va aholining siyosiy madaniyatini oshirishga, tarixni xolis o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni kengaytirishga qaratilgan vazifalari ijrosida fuqarolarda siyosiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, milliy manfaatdorlik kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish hamda monitoringini olib borishga xizmat qilgan.