Mannabov Javlon Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning texnologik kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1284.
Ilmiy raxbar: F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shodiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Camarqand davlat univerciteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falcafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘qituvchilarining malakasini masofadan oshirishni tashkil etish sharoitida ularning texnologik kompetentligini shakllantirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
internet–texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchilarning texnologik kompetentligi mohiyati kasbiy malakani oshirishda umumta’lim fanlarini o‘qitishning metodik va didaktik xususiyatlariga ko‘ra masofaviy o‘qitishdan foydalanishning texnologik va mazmunli shartlarini (xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, infratuzilmani takomillashtirish, ijtimoiy-psixologik sharoitlar, pedagogik talablarning ortishi) kiritish asosida ochib berilgan;
o‘qituvchining texnologik kompetentliligi komponentlari tarkibi axborot texnologiyalari sohasida elektron resurslarni yaratishning reversiv algoritmiga ko‘ra pedagogning texnologik darajasi mazmunini refleksiv belgilash asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari o‘quv mazmuniga qo‘yiladigan talablar diagnostik va tabaqalashtirilgan ta’lim maqsadlarining taksonomik bog‘lanishlariga ko‘ra texnologik kompetentlikni takomillashtirish tuzilmasini  ishlab chiqish asosida belgilangan;
masofaviy shaklda o‘qituvchilar malakasini oshirishning o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv materiallarini idrok etishning audiovizual tizimlariga mos interaktiv, mul`timediali tarzda taqdim etish imkoniyatiga “O‘qituvchi kasbiy faoliyatida Internet texnologiyalaridan foydalanish” modulli dasturini taksonomik darajalarga mos shakllantirish  asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning texnologik kompetentligini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
internet–texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchilarning texnologik kompetentligi mohiyati kasbiy malakani oshirishda umumta’lim fanlarini o‘qitishning metodik va didaktik xususiyatlariga ko‘ra masofaviy o‘qitishdan foydalanishning texnologik va mazmunli shartlariga oid ilmiy metodik natijalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan OT–Atex-2018-519 “Kompyuter imitatsion modellari asosida virtual resurslar Web – ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-961/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha natijasida Internet-texnologiyalari sohasidagi o‘qituvchilarning texnologik kompetentligining mohiyatini aniqlashga sharoit yaratilgan;
o‘qituvchining texnologik kompetentliligi komponentlari tarkibi axborot texnologiyalari sohasida elektron resurslarni yaratishning reversiv algoritmiga ko‘ra pedagogning texnologik darajasi mazmunini refleksiv belgilash, o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari o‘quv mazmuniga qo‘yiladigan talablar diagnostik va tabaqalashtirilgan ta’lim maqsadlarining taksonomik bog‘lanishlariga ko‘ra texnologik kompetentlikni takomillashtirish tuzilmasiga oid takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan I-XT-0-19929 “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-961/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha natijalari malaka oshirish ta’lim tizimida internet texnologiyalaridan masofaviy o‘qish  sharoitida samarali foydalanish yo‘llarni aniqlashga erishilgan; 
masofaviy shaklda o‘qituvchilar malakasini oshirishning o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv materiallarini idrok etishning audiovizual tizimlariga mos interaktiv, mul`timediali tarzda taqdim etish imkoniyatiga “O‘qituvchi kasbiy faoliyatida Internet texnologiyalaridan foydalanish” modulli dasturini taksonomik darajalarga mos shakllantirishga oid takliflaridan internet texnologiyalari sohasida o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida loyihalashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 apreldagi 02-07-961/04-son ma’lumotnomasi). Natijada masofaviy o‘qitishda o‘qituvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirish muammosining hozirgi holatini o‘rganishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish