Boltaev Baxtiyor Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘smirlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash yullari (mehribonlik uylaridagi badiiy to‘garaklar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3338.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Quvondiq Aytbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy to‘garaklarda kuy va qo‘shiqlar ko‘magida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari orasida millatlararo totuvlik hissini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy to‘garak o‘quv jarayonlari musiqiy ta’limda hissiy dramaturgiya, kompozisiya yaratish, badiiy matn yaratish, interfaol, umumpedagogik kabi ustuvor metodlarning tarbiyalanuvchilarda o‘zaro totuvlik tuyg‘usini shakllantirishga senzitiv ta’sirini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
mehribonlik uylarida badiiy to‘garaklar o‘quv tarkibiga shaxslararo muloqotga kirishishning hamkorlik faoliyati orqali milliy va umuminsoniy (yashash tarzi, urf-odatlar, kuy va qo‘shiqlar kabi), diniy (Imom Buxoriĭ va Imom Termiziĭ hadislaridagi odob, pand-nasihat, ŭgitlar) qadriyatlar mazmunini singdirish asosida o‘smirlarda baynalmilal totuvlik hissini tarbiyalash imkoniyatlari kengaytirilgan;
kuy va qo‘shiqlarning o‘smirlarda o‘zaro uyg‘unlik (do‘stona munosabat, hamkorlikda ishlash, bir birini anglash, xis etish, to‘ldirish kabi) fazilatlariga ta’siri havaskor xor jamoasi faoliyatining jamoa shakllantirish, qobiliyatlarni o‘rganish, qismlarni jamlash, mashg‘ulot, targ‘ibot kabi tashkiliy bosqichlarini o‘zaro bog‘liqlikda aniqlashtirish asosida ochib berilgan;
badiiy to‘garak rahbarlariga qo‘yiladigan talablar tarbiyada permanent hamkorlik, hissiy-empatik, perseptiv, kommunikativ kabi pedagogik-psixologik hamda bilimlilik, qobiliyatlarni aniqlash, uyushtirish, his etish, qadriyatlilik, improvizatsiya kabi xususiy kompetensiyalar mazmunini boyitish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘smirlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
kuy va qo‘shiqlarning o‘smirlarda o‘zaro uyg‘unlik (do‘stona munosabat, hamkorlikda ishlash, bir birini anglash, xis etish, to‘ldirish kabi) fazilatlariga ta’siri havaskor xor jamoasi faoliyatining jamoa shakllantirish, qobiliyatlarni o‘rganish, qismlarni jamlash, mashg‘ulot, targ‘ibot kabi tashkiliy bosqichlarini o‘zaro bog‘liqlikda aniqlashtirish oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda hamda “Maktabgacha ta’limda musiqa tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi, Samarqand davlat universiteti kengashining 2019 yil 5 sentyabrdagi 1-sonli qaroriga asosan berilgan 68-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan har xil millat vakillari farzandlariaro milliy totuvlik hissini tarbiyalashda badiiy to‘garaklarning o‘rni va rolini ko‘rsatib berishga erishilgan;
mehribonlik uylarida badiiy to‘garaklar o‘quv tarkibiga shaxslararo muloqotga kirishishning hamkorlik faoliyati orqali milliy va umuminsoniy (yashash tarzi, urf-odatlar, kuy va qo‘shiqlar kabi), diniy (Imom Buxoriĭ va Imom Termiziĭ hadislaridagi odob, pand-nasihat, ŭgitlar) qadriyatlar mazmunini singdirish asosida o‘smirlarda baynalmilal totuvlik hissini tarbiyalash imkoniyatlariga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetida bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi). Natijada, mehribonlik uylaridagi badiiy to‘garaklar misolida tarbiyalanuvchilar ruhiyatida millatlararo totuvlik hissini shakllantirishning shaxs va jamiyat uchun ahamiyatini aniqlash imkoni yaratilgan;
badiiy to‘garak o‘quv jarayonlari musiqiy ta’limda hissiy dramaturgiya, kompozisiya yaratish, badiiy matn yaratish, interfaol, umumpedagogik kabi ustuvor metodlarning tarbiyalanuvchilarda o‘zaro totuvlik tuyg‘usini shakllantirishga senzitiv ta’sirini ochib berish, shuningdek interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda hamda “Maktabgacha ta’limda musiqa tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi, Samarqand davlat universiteti kengashining 2019 yil 5 sentyabrdagi 1-sonli qaroriga asosan berilgan 68-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, badiiy to‘garak faoliyatida tarbiyalanuvchilar orasida milliy totuvlik tuyg‘usini shakllantirishga yo‘naltiruvchi ta’lim metodlarini aniqlash va ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlashga erishilgan;
badiiy to‘garak rahbarlariga qo‘yiladigan talablar tarbiyada permanent hamkorlik, hissiy-empatik, perseptiv, kommunikativ kabi pedagogik-psixologik hamda bilimlilik, qobiliyatlarni aniqlash, uyushtirish, his etish, qadriyatlilik, improvizatsiya kabi xususiy kompetensiyalar mazmunini refleksiv yondashuv orqali boyitish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetida bajarilgan KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi). Natijada, badiiy to‘garaklarda tarbiyalanuvchilararo milliy totuvlik hissini shakllantirishda to‘garak rahbari kompetentliligiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlash imkoni yaratilgan.