O‘roqov Olimjon Hayitboevich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nurota vohasi arxitektura yodgorliklarining tarixiy shakllanishi, rivojlanishi va ulardan foydalanishning zamonaviy usullari”, 18.00.01-Arxitektura tarixi va nazariyasi.Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/A64.
Ilmiy rahbar: Nozilov Dodo Avazovich, arxitektura doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumanop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Pulatov Xayrullo Shomuborakovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nurota shahri va vohasi me’morchiligining tarixiy shakllanish va rivojlanish bosqichlarini, arxitekturaviy yodgorliklari va gidrotexnik inshootlari tipologiyasini, obidalar arxitekturasi va ularga xos xususiyatlarni ochib berish, Nurota shahri qadimiy qal’asini grafik qayta tiklash taklifini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nur qal’asining mudofaa devori tog‘ cho‘qqisining tashqi gardishi bo‘ylab o‘tganligi, turar xonalar tashqi yondosh qurilganligi, qal’aning markazidagi balandlikda Nurota miri qabulxonalari va uning turar xonalari joylashganligi, qal’aning kirish qismidagi pastlikda hovli bo‘lganligi aniqlangan;
Nur vohasida gidrotexnik inshootlarining o‘ziga xosligi, jumladan, shahar markazidagi chashmadan suv to‘rt ariq orqali butun shahar guzarlariga taqsimlanganligi, shahar tashqarisida suvsiz erlarni o‘zlashtirish uchun korizlar barpo etilganligi va ularning (maston) qudug‘i sayoz korizlar, (kalta) 5-10 gacha koriz, ikki tomoni baland devor bilan chegaralangan (uzun) koriz turlari aniqlangan;
Nurota shahri atrofidagi Chilustun juma masjidi, markazidagi sakkiz qirrali tobadonning yorug‘lik berishdan tashqari vaqt me’yori sifatida foydalanganligi, Panjvaqta katta gumbazli masjidining mehrobi ikki yonida ikkita hujraning borligi va gumbaz osti konstruktiv asoslari bilan XII-XIII asrlarlarga oidligi, hammom tuzilishi klassik echimga ega ekanligi aniqlangan;
Nurota shahridagi arxitektura va  arxeologik yodgorliklarni rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish,  ichki va tashqi  ziyorat turizimini boyitish maqsadida turistik marshrut sxemasi loyihalari ishlab chiqilgan va 3D virtual modellari yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nurota vohasi arxitektura yodgorliklarining tarixiy shakllanishi, rivojlanishi va ulardan foydalanishning zamonaviy usullari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Nur qal’asining mudofaa devori  tog‘ cho‘qqisining tashqi gardishi bo‘ylab o‘tganligi; turar xonalar tashqi yondosh qurilganligi, qal’aning markazidagi balandlikda Nurota miri qabulxonalari va uning turar xonalari joylashganligi, qal’aning kirish qismidagi pastlikda hovli bo‘lganligiga, Nur vohasida gidrotexnik inshootlarining o‘ziga xosligi, jumladan, shahar markazidagi chashmadan suv to‘rt ariq orqali butun shahar guzarlariga taqsimlanganligi, shahar tashqarisida suvsiz erlarni o‘zlashtirish uchun korizlar barpo etilganligi va ularning (maston) qudug‘i sayoz korizlar, (kalta) 5-10 gacha koriz, ikki tomoni baland devor bilan chegaralangan (uzun) koriz turlari aniqlanganligiga oid xulosalardan Madaniy meros agentligi Nur qal’asiga investisiya loyihalarini shakllantirishda hamda turizm ob’ektlarini arxitekturaviy va arxeologik yodgorliklari dizaynini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligi huzuridagi Madaniy Meros agentligining 2022 yil 8 yanvardagi 01-06/29-son  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy va amaliy tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi ichki turizmni rivojlantirish, turizm sohasida xizmat turlarini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda "Nurota Chashma" ziyoratgohini zamonaviy talablarga mos bo‘lgan, hududiy omillarni hisobga olgan holda turistik markazlar tashkil etishga, ularning arxitekturaviy va me’moriy muhitini shakllantirishga, hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilgan;
Nurota shahri atrofidagi Chilustun juma masjidi, markazidagi sakkiz qirrali tobadonning yorug‘lik berishdan tashqari vaqt me`yori sifatida foydalanganligi, Panjvaqta katta gumbazli masjidining mexrobi ikki yonida ikkita hujraning borligi va gumbaz osti konstruktiv asoslari bilan XII-XIII asrlarlarga oidligi, hammom  tuzilishi klassik echimga egaligiga, Nurota shahridagi arxitektura va  arxeologik yodgorliklarni rivojlantirish, ulardan samarali foydalanish,  ichki va tashqi  ziyorat turizimini boyitish maqsadida turistik marshrut sxemasi loyihalari ishlab chiqilgan va 3D virtual modellari yaratilganligiga oid xulosalardan Turizm va Madaniy Meros Vazirligining loyihalash ishlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy Meros Vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 18-18/819-son ma’lumotnomasi). Natijada, ziyorat Nurota shahrining turizm salohiyatini oshirishga hamda ichki turizm faoliyatini rivojlantirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish