Babakandov Otabek Nuritdinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy arxitektura va dizayn ob’ektlarini loyihalashda bionika”, 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/A50.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Aminjanovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Usmanov Muradxan Saidmaxmudovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dunyo me’morchiligi va dizaynida bionikani qo‘llashning ilmiy nazariy va estetik asoslarini aniqlash, arxitektura va dizayn ob’ektlarida bionikani qo‘llashga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqish hamda bionika va bioarxitektura taraqqiyotidagi asosiy yo‘nalishlar va usullarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bioarxitekturaning vujudga kelish, shakllanish va tarixiy-tadrijiy rivojlanishining qadimgi odamlarning tabiatga moslashishi (tosh davrining so‘nggi bosqichi, neolit davri), arxitektura ob’ektlarida tabiatga taqlidning shakllanishi (antik davr), arxitektura va dizaynga modernning kirib kelishi (XX asr boshlari), raqamli texnologiyalarning paydo bo‘lishi (XXI asr) kabi bosqichlari aniqlangan;
bionik tabiiy shakllarning zamonaviy arxitektura va dizayn sohalarida qo‘llanilishining o‘ziga xos- shaffof, pnevmatik, dinamik, modulli, illyuzion, tabiiy va futuristik badiiy kompozisiyalar yaratayotganligi ochib berilgan;
arxitektura va dizayn ob’ektlarida bionikani qo‘llashning konstruktiv, estetik, taqlidiy va kompleks usullari ochib berilib, konstruktiv usulda jonli tabiat strukturalarini arxitektura va dizayn ob’ektlarida qo‘llashning e’tiborga olinishi, estetik usulda shakl soddalashtirilib stilizatsiya qilinishi, taqlidiy usulda tabiiy shakllarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob’ektlarda takrorlanishi kabi jihatlari dalillangan;
bionikani arxitektura va dizayn ob’ektlari amaliyotida foydalanishning tabiat bilan aloqa –landshaft va binoning hamohangligi, eko-yashillik – ekster`erdagi landshaft va tom usti bog‘lari, resurs tejash – energiyasamarador bino va inshootlar hamda qurilish materiallari, funksiya va shakl - tabiat va arxitekturaning o‘xshashlik funksiyalari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy arxitektura va dizayn ob’ektlarini loyihalashda bionika tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bioarxitekturaning vujudga kelish, shakllanish va tarixiy-tadrijiy rivojlanishining qadimgi odamlarning tabiatga moslashishi (tosh davrining so‘nggi bosqichi, neolit davri), arxitektura ob’ektlarida tabiatga taqlidning shakllanishi (antik davr), arxitektura va dizaynga modernning kirib kelishi (XX asr boshlari), raqamli texnologiyalarning paydo bo‘lishi (XXI asr) kabi bosqichlari hamda bionik tabiiy shakllarning zamonaviy arxitektura va dizayn sohalarida qo‘llanilishining o‘ziga xos- shaffof, pnevmatik, dinamik, modulli, illyuzion, tabiiy va futuristik badiiy kompozisiyalar yaratayotganligiga oid xulosalardan Turizm va Sport Vazirligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Sport Vazirligining 2021 yil 05 noyabrdagi 03-17/10102-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyihalarning amaliyotda qo‘llanilishi xorijiy hamda MDH mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar va yurtimiz aholisining turmush farovonligi, kayfiyati va ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ijodiy qobiliyatini ochib beradigan, zavq olib hordiq chiqaradigan hudud va ob’ektlarni yaratishda keng foydalanishga xizmat qilish imkoniyati yaratilgan; 
arxitektura va dizayn ob’ektlarida bionikani qo‘llashning konstruktiv, estetik, taqlidiy va kompleks usullari ochib berilib, konstruktiv usulda jonli tabiat strukturalarini arxitektura va dizayn ob’ektlarida qo‘llashning e’tiborga olinishi, estetik usulda shakl soddalashtirilib stilizatsiya qilinishi, taqlidiy usulda tabiiy shakllarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob’ektlarda takrorlanishi kabi jihatlari dalillanganligi yuzasidan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2021 yil 16 dekabrdagi 03-09/398-1901-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xulosalardan ko‘rgazma tariqasida amalda foydalanish, zamonaviy arxitektura va dizayn ob’ektlarining yangi va takomillashgan loyihalarini ishlab chiqishda, ularni amaliyotga joriy etishda bionikani qo‘llash barqaror estetik hayotiy ehtiyoj ekanligi isbotlangan. Shuningdek, Respublikada zamonaviy arxitektura va dizayn ob’ektlarini qurishda hamda me’moriy muhit dizayni, inter`er va landshaft dizayni ta’lim yo‘nalishlari o‘quv jarayoni badiiy-estetik salohiyatining ko‘tarilishiga xizmat qilgan;
bionikani arxitektura va dizayn ob’ektlari amaliyotida foydalanishning tabiat bilan aloqa –landshaft va binoning hamohangligi, eko-yashillik – ekster`erdagi landshaft va tom usti bog‘lari, resurs tejash – energiyasamarador bino va inshootlar hamda qurilish materiallari, funksiya va shakl - tabiat va arxitekturaning o‘xshashlik funksiyalari aniqlanganligiga oid xulosadan Turizm va Madaniy Meros Vazirligi faoliyatitda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy Meros Vazirligining 2022 yil 07 martdagi 03-18/310-son ma’lumotnomasi). Natijada, arxitektura va landshaft dizayni ob’ektlarini loyihalashda ekologik yondashuv tubdan zamonaviy yondashuv hisoblanib, ushbu loyihalarning amaliyotda qo‘llanilishi Samarqand shahri va tumanlarida eko-turizmni har tomonlama kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish