G‘afforov Nodir Nasrievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport terminlarining lisoniy tadqiqi: kognitiv-pragmatik va leksikografik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.DSc /Fil 391.
Ilmiy maslahatchi: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar:  filologiya fanlari doktori, professor Djumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, dotsent Baxriddinova Bashorat Ma’dievna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi sport terminlarining formal, semantik va kognitiv strukturasi tavsifini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilining yangi sport terminologiyasida xorijdan kirgan o‘zlashgan so‘zlarning imlo va talaffuzining, shaklining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turishi, bunda asosiy tendensiya o‘zbek talaffuzi uchun xos bo‘lmagan fonetik xususiyatlarga ega so‘zlarning paydo bo‘lishi, o‘zbek sport terminologiyasining o‘zlashma so‘zlari fonetik va orfografik moslashuvi jarayonida shaklan barqarorlashish ekanligi aniqlangan;
jahon izohli lug‘atchiligida sport terminlarida til va madaniyat munosabatlari dalillanib, ulardagi til va madaniyat mushtarakligini ta’minlovchi o‘zga tildan leksik birlikning kirib kelishi, shakllanishi va yo‘qolishi, xalqaro atamalar milliy sport madaniyati aloqalarining ko‘rsatkichi ekanligi, bu ko‘rsatkichlarning tashqi, ichki va lingvistik omillar bilan aloqadorligi isbotlangan;
sport terminlarining sohada qo‘llanilayotgan o‘z va o‘zlashma qatlamga doir shakllarning formal va semantik xususiyatiga ko‘ra mavqeini belgilash hamda o‘zlashgan grammatik terminning etimologiyasi, semantikasi va fonologiyasini inobatga olib, terminni imkon  qadar milliylashtirish, tabiiy tilni qayta ishlash mezonlari asosida  o‘zaro iearxik munosabatga  kirisha oluvchi terminlarni mutanosiblashtirish orqali ularning qo‘llanilish chastotasi aniqlangan;
“kurash”, “poyga”, “ko‘pkari” kabi sport atamalari or-nomus talashish, urug‘ yoki ajdodlar sha’nini himoya qilish, kuchni ko‘rsatish, mahoratini namoyon qilish kabi madaniy semalarga ega ekanligi dalillangan;
sport terminlarining lug‘atlarda berilishi, batafsil izohlanisha kabi leksikografik muammolari  aniqlanib, sohaga tegishli terminlarning bosma hamda kerakli ma’lumotni ishonchli, ixcham hajmda to‘plash, saqlash va qayta ishlash imkonini beruvchi zamonaviy elektron lug‘atlar tizimini yaratishning tizimli, lingvistik asoslari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi sport terminlarining formal, semantik va kognitiv strukturasi tavsifini berish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilining yangi sport terminologiyasida xorijdan kirgan o‘zlashgan so‘zlarning imlo va talaffuzining, shaklining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turishi, bunda asosiy tendensiyalarning tahililidan olingan natijalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida  bajarilgan PZ-20170930188-raqamli “O‘zbek raqs san’ati terminologiyasi” mavzusidagi tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 1 iyuldagi 01-04-08/296-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida loyiha materiallari o‘zbek lug‘atchiligida sport terminlari orqali til va madaniyat yaxlitligiga asoslangan me’yoriy izohli lug‘atlarini yaratishga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
jahon izohli lug‘atchiligida sport terminlarida til va madaniyat munosabatlari dalillanib, ulardagi til va madaniyat mushtarakligini ta’minlovchi o‘zga tildan leksik birlikning kirib kelishi, shakllanishi va yo‘qolishi, xalqaro atamalar milliy sport madaniyati aloqalarining ko‘rsatkichi ekanligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 5 iyuldagi 15-2244-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy korpusni yaratishda sport terminlariga doir terminologik tizimning shakllanishiga, lug‘at tushunchalarini tavsiflashga, lingvistik terminlarni aniqlash imkoniyatiga asos bo‘lgan. 
“kurash”, “poyga”, “ko‘pkari” kabi sport atamalari or-nomus talashish, urug‘ yoki ajdodlar sha’nini himoya qilish, kuchni ko‘rsatish, mahoratini namoyon qilish kabi madaniy semalarga ham egaligi to‘g‘risidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 2 iyuldagi 15-2191-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zga tillardan o‘zlashgan sport terminlarining o‘zbek tilidagi variantlari tahlil etilgan; 
sport terminlarining sohada qo‘llanilayotgan o‘z va o‘zlashma qatlamga doir shakllarning formal va semantik xususiyatiga ko‘ra mavqeini belgilash hamda o‘zlashgan grammatik terminning etimologiyasi, semantikasi va fonologiyasini inobatga olib, terminni imkon  qadar milliylashtirish xususidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan S-202003161-raqamli “Xoreografiya orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan mul`timedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 2 iyuldagi 01-04-08/298-son ma’lumotnomasi). Natijada sportning paraolimpiya yo‘nalishi bo‘yicha terminlari, atamalarining o‘zbek tilshunosligida va izohli lug‘atidagi o‘rni va ahamiyatini orttirgan;
sport terminlarining kognitiv tasnifi, sohada qo‘llanilayotgan o‘z va o‘zlashma qatlamga doir terminlarning aniqlangan qo‘llanilish chastotasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”) hamda FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi  Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil  15 iyuldagi №01-02-188-sonli ma’lumotnoma). Natijada o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi maqomini oshirishda, yangi paydo bo‘lgan va o‘zlashma sport terminlarining leksikografik, diskursiv, lingvokul`turologik tadqiq qilinishiga erishilgan;
sport terminlarining aniqlangan leksikografik muammolari va ularni echishga qaratilgan tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanalining “Sport vaqti”, “Maxsus reportaj”, “Yangiliklar” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 iyuldagi 02-02-597-son ma’lumotnomasi). Natijada sport faoliyati, sport jurnalistikasi yo‘nalishlarida sport sharhlovchilarining sport atamalarini, terminlarini to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va izohlashlariga erishilgan. Ilmiy ish natijalari teleko‘rsatuvlarning ilmiy dalillariga boy bo‘lishini ta’minlagan, tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan, hamda muxlislarning mavzu haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish