Berdieva Gulobod Shonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarida qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirish”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2158.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.04.2021.Ped.82/01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qodirov Quvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishning metokognitiv va metokommunikativ omillari real vaqt rejimida muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik usullarini sotsiolingvistika hamda psixolingvistika tamoyillariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli muloqotga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish texnologiyalari o‘quv jarayonining  qadriyatli-maqsadli me’yorlari bilan o‘quvchilarning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash madaniyati o‘rtasidagi integrativ aloqadorlikni ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishning funksional modeli shaxsga yo‘naltirilgan faoliyatli yondashuvning kognitiv prinsiplarini pedagogik jarayonning protsessual va psixologik ta’siriga ergonomik talablar asosiga ko‘ra maqsadli uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishning amaldagi pedagogik shart-sharoitlari o‘quvchilarning qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishning motivatsion, evristik, refleksiv bosqichlarida taklif etilgan interfaol ta’lim metodlarini ta’lim oluvchilarning rivojlanish vetoriga ularning individual ta’lim traektoriyasini aniqlash orqali moslashtirish asosida  takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishning metokognitiv va metokommunikativ omillari, muloqotga kirishishning so‘z tanlash va qo‘llash, til va nutq madaniyati kabi lingvodidaktik usullarini sotsiolingvistika hamda psixolingvistika tamoyillariga integratsiyalash,  o‘quvchilarda qadriyatli muloqotga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish texnologiyalari, o‘quv jarayonining  qadriyatli-maqsadli me’yorlari bilan o‘quvchilarning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash madaniyati o‘rtasidagi integrativ aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan  Farg‘ona davlat universitetining A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi loyihasi (2017-2020 yy.)da belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 10 yanvardagi  01/50-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda qadriyatlarni anglash orqali  o‘quv-biluv faolligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishning funksional modeli, shaxsga yo‘naltirilgan faoliyatli yondashuvning kognitiv prinsiplarini pedagogik jarayonning protsessual va psixologik ta’siriga ergonomik talablar asosiga ko‘ra maqsadli uyg‘unlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va metodik yondashuvlar “Oila pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-buyrug‘i, 500-133-son nashr guvoxnomasi). Natijada, pedagog xodimlarning o‘quvchilarda muloqot qilish madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liq falsafiy-pedagogik, psixo-fiziologik bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli muloqotga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish texnologiyalari o‘quv jarayonining  qadriyatli-maqsadli me’yorlari bilan o‘quvchilarning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash madaniyati o‘rtasidagi integrativ aloqadorlikni ta’minlash asosida ishlab chiqilgan amaliy taklif va metodik tavsiyalardan Qarshi davlat universitetining A-173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish”  mavzusidagi amaliy loyiha (2019-2021 yy.)si doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2022 yil 17 yanvardagi 04/169-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish