Tojiev Panji Jovlievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan qatlamli silikatlar bilan yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik polimer materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T539.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmanberdiev Gappar Raxmanberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Maxsud Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bazal`t, vermikulit, vollastonit kabi modifikatsiyalangan dispers va tolali mineral to‘ldiruvchilar bilan yuqori darajada to‘ldirilgan polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, poliamid-6 polimerlari asosida organo-noorganik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modifikatsiyalangan qatlamli silikatlar - bazal`t, vermikulit, vollastonitni polimer suyuqlanmasida aralashtirish usuli bilan yuqori eksfoliatsiya darajasiga ega bo‘lgan organo-noorganik polimer materiallar olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
modifikatsiyalangan turli mineral to‘ldiruvchilar asosida yuqori  eksfoliatsiya darajasiga ega bo‘lgan organo-noorganik polimer materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ikkilamchi polimerlar va turli mineral to‘ldiruvchilar asosida yuqori  eksfoliatsiya darajasiga ega bo‘lgan mexanik mustahkam, termik barqaror organo-noorganik polimer materiallar olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
ikkilamchi polimerlar va bazal`t tolasi hamda qamish qirindisi  asosida yangi turdagi yog‘och polimer materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan organo-noorganik polimer materiallar tarkibiga maleinlangan polietilen modifikatori kiritilishi bilan ularning zarbga chidamlilik xossalari 100 kJ/m2 dan 118 kJ/m2 gacha  va egilishga mustahkamlik xossalari 90 MPa dan 102 MPa ga ortishi isbotlangan;
qatlamli silikatli to‘ldiruvchilarni tetraetilammoniy stearat bilan modifikatsiyalash asosida olingan organo-noorganik polimer materiallarning -30ᵒS haroratdagi zarbga chidamliligi to‘ldirilmagan polimer materiallarga nisbatan 3 marta ortganligi aniqlangan. 
qatlamli silikatli to‘ldiruvchilar asosida olingan organo-noorganik polimer materiallarning 290-320 nm to‘lqin uzunligidagi UB nurlar ta’siriga chidamliligi to‘ldirilmagan polimer materiallarga nisbatan 2.5 marta ortishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy mineral xomashyolar asosida yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik polimer materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bazal`t va vermikulit bilan yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik polimer materiallar olish texnologiyasi «Oltinsoy basalt quvur» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6372-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ishlab chiqilgan organo-noorganik polimer materiallar asosida yangi turdagi polimer kompaundlar olish imkonini bergan; 
bazal`t tolasi va qamish qirindisi bilan yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik polimer materiallar asosida olingan yog‘och-polimer materiallar «Oltinsoy basalt quvur» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6372-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi arzon yog‘och-polimer materiallar olish imkonini bergan;
organo-noorganik polimer materiallar asosida termik barqaror va mexanik mustahkam polimer quvurlar «Oltinsoy basalt quvur» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6372-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori harorat va bosimga chidamli organo-noorganik polimer materiallar asosida polimer quvurlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish