Raxmonov Jalil Xoliqulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geografik hududlarda no‘xatning asosiy kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx55.

Ilmiy rahbar: Isomidinov Ilxom To‘laevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Zuparov Mirakbar Abzalovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: no‘xatda uchraydigan askoxitoz va fuzarioz kasalliklarining tarqalishi, ekinni zararlash darajasi, kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning bioekologik xususiyatlari, navlarning chidamligini aniqlash asosida ushbu kasalliklarga qarshi samarali kimyoviy  kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor mamlakatimiz sharoitida no‘xatda uchraydigan askoxitoz va fuzarioz kasalliklarining tarqalishi, ekindagi zararlash darajasi aniqlangan;

no‘xat o‘simligi namunalaridan ajratib olingan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tur tarkibi, bioekologik xossalar va patogenlik ta’sir xususiyatlari aniqlangan;

askoxitoz va fuzarioz kasalliklariga chidamli bo‘lgan nav va nav namunalari ajratilgan;

no‘xatning fuzarioz va askoxitoz kasalliklariga qarshi  kompleks ta’sir etish xususiyatlariga ega bo‘lgan urug‘dorilagich preparatlarning maqbul me’yorlari va o‘suv davrida askoxitoz kasalligiga qarshi istiqbolli fungisidlar qo‘llash samaradorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

No‘xatning asosiy kasalliklariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:

no‘xatda fuzarioz va askoxitoz kasalliklariga qarshi urug‘dorilagichlardan «Vitavaks», «Gerkules», «Vial Trast», «Raksil Yangi» preparatlarini qo‘llash Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasini tajriba xo‘jaligida, G‘allaorol tumani «Sherali ota Jahongir» fermer xo‘jaligini 20 gektar va «O‘ral ota Chintemir» fermer xo‘jaligini 12 gektar va Forish tumani «Bog‘don» xo‘jaligida 32 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 20 noyabrdagi, 07/23-1059-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida no‘xat ekinidan gektaridan 3,1–3,4 sentnergacha don hosilini saqlab qolishga erishilgan;

no‘xatning o‘suv davrida askoxitoz kasalligiga qarshi «Titul Duo» va «Duplet TT» fungisidlari G‘allaorol tumani «Sherali ota Jahongir» fermer xo‘jaligida 20 gektar, Forish tumani «Bog‘don» xo‘jaligida 35 gektar va Shahrisabz tumanidagi «Kamolliddin g‘allalari» fermer xo‘jaligida 12 gektar maydonda joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 21 noyabrdagi, 02-13/2042-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 2,0–3,5 sentnergacha don hosili saqlab qolingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish