Normurodov Baxtiyor Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polisul`fid oligomer germetiklar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T538.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlar sintezi, ularning qo‘llanilishi va shu oligomerlar asosida germetiklovchi materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natriy polisul`fid, ammoniy polifosfat va ba’zi xlororganik birikmalarning karbamid bilan hosil qilgan adduktlari asosida tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan 24 ta yangi polisul`fid oligomerlar olingan;
olingan polisul`fid oligomerlar kroton al`degid bilan modifikatsiyalangan va ularning dyuralyumin, shisha materiallarga nisbatan adgeziyasi modifikatsiyalanmagan polisul`fid oligomerlarga nisbatan 3 marta ortganligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlar asosida qurilish konstruksiyalari va ularning qismlari uchun elastik, yuqori fizik-mexanik mustahkamlikka ega bo‘lgan ikki komponentli germetiklovchi tarkiblar ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlarga vermikulit, Angren kaolini, kremniy dioksid gidrati, titan dioksid va kal`siy oksid to‘ldiruvchilari qo‘shib olingan germetiklarning cho‘zilishdagi shartli mustahkamlik va uzilishdagi nisbiy cho‘zilish xossalari bo‘yicha maqbul tarkiblari aniqlangan;
modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlar asosida olingan germetiklarning qotuvchi komponentlari-mastiklarning qotish tezligi, nisbiy cho‘zilishi va elastikligi qo‘llanilgan: kal`siy oksid, rux oksid, qo‘rg‘oshin dioksid, marganes dioksid vulkanlovchi agentlari qatorida ortib borishi isbotlangan.
mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlar olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 07145, 2020 y.). Natijada, mahalliy xomashyolardan tarkibida oltingugurt bo‘lgan epoksid oligomerlar olish usulini yaratish imkonini bergan;
azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlar olish texnologiyasi «Oltinsoy avtobo‘yoqlar» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Innovsion rivojlaniish vazirigining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6370-son ma’lumotnomasi). Natijada, agressiv muhitlarga chidamli, mexanik mustahkam germetiklovchi va himoyalovchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan oligomer qo‘shimchalar olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosidagi modifikatsiyalangan polisul`fid oligomerlar «Oltinsoy avtobo‘yoqlar» MChJda ikki komponentli polisul`fid germetiklar olishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovsion rivojlaniish vazirigining 2022 yil 9 noyabrdagi 32-14/6370-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida arzon, yuqori smarali, import o‘rnini bosuvchi germetiklovchi materiallar olish imkonini bergan.