Tursunov Qudratbek Qobiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tiza bo‘g‘imi osti sinovial kistalarini artroskopiya usulida davolash», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib992.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodilla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akramov Vohidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tizza bo‘g‘imi osti kistalarini xirurgik davolashda artroskopiya usulini qo‘llash orqali davolash natijalarini va samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imi osti sinovektomiyasi uchun an’anaviy xirurgik yondashuvga nisbatan kaminvaziv old-medial va old-lateral yondashuv taqim osti qon-tomirlar, nerv joylashuvini hisobga olganda artroskopik jarrohlik amaliyoti uchun optimal va havfsiz ekanligi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osti sinovektomiyasi uchun old-medial va old-lateral kaminvaziv yondashuv bo‘g‘imda zararlangan menisk, gipertrofiyaga uchragan sinovial burma va bo‘g‘im ichi xondrom tanalarini olib tashlash kabi qo‘shimcha patologiyani bartaraf etishi aniqlangan;
tizza bo‘g‘imi osti sinovial kistalarini artroskopik sinovektomiya qilish vaqtida kista ichi suyuqligini intraoperatsion dekompressiya qilish va postoperatsion qompressiya berish taktikasi samarali ekanligi hamda postoperatsion davrda taqim osti yostiqchasidan foydalanish yumshoq to‘qimalarning to‘liq va erta vaqtda tiklanishini ta’minlashi isbotlangan;
ishlab chiqilgan tizza bo‘g‘im osti kistalarini artroskopik davolash usuli operatsiyadan keyingi davrda amaldagi shina va fiksatsiya vositalaridan voz kechish va bo‘g‘im faoliyatini erta reabilitatsiya qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza bo‘g‘imi osti sinovial kistalarini artroskopik usulini qo‘llab davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tizza bo‘g‘imi osti sinovial kistalarini artroskopik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida «Tizza bo‘g‘imi sinovial kistalarini artroskopiya usulida davolash» Intellektual mulk agentligining foydali modeli tasdiqlangan (№FAP 01749, 11.12.2020). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi faoliyatini tiklashga imkon bergan;
tizza bo‘g‘imi osti sinovial kistalarini artroskopik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tizza bo‘g‘imi sinovial kistalarini artroskopiya usulida davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 8n-r/1010-son maxlumotnomasi). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi osti sinovial kistalarini artroskopik davolash usuli orqali natijalarning yaxshilanishini isbotlash imkonini bergan;
tizza bo‘g‘imi osti sinovial kistalarini artroskopik usulda davolash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon va Buxoro viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Andijon viloyati travmatologiya shifoxonasi, respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 8n-z/534-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar taqim osti sinovial kistalarini kaminvazim artroskopik davolash amaliy tibbiyotda ijobiy natijalarning 14,9% gacha oshishiga imkon bergan.