Egamberdiev Ulug‘bek Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stomatologik yordam darajasini o‘rganish asosida karies va uning asoratlarini davolash samaradorligini oshirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. PhD /Tib1841.
Ilmiy rahbar: Bekjanova Olga Esen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. (Rossiya Federatsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyati ilmiy-tekshirish klinik instituti» davlat muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ctomatologik yordam darajasini baholash asosida karies va uning asoratlarini davolash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stomatologik polinikaga murojatt qilgan katta yoshdagi aholi orasida tish kariesning epidemiologik  tahlillar natijasida uchrash darajasi va tuzilishi asolangan;
tish kariesni davolash sifatini tekshirish asosida terapevtik va tashxislash jarayoni darajasi va stomatologik xizmatning mavjud moddiy-texnik resurslari o‘rtasidagi tafovut  isbotlangan;
tibbiy xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlarida ularning sifatini baholashning yagona algoritmi asosida karies jarayonining barcha shakllarini davolash samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslangan;
karioz jarayonining barcha shakllarida og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini, davolash sifatini yaxshilash va yallig‘lanish, periodont destruksiyasini kamaytirish, mineralizatsiya potensialini me’yorlashtirish va og‘iz suyuqligi tarkibidagi lipidlarning perekisli oksidlanishi va antioksidant tizimi jarayonlari bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Stomatologik yordam darajasini o‘rganish asosida karies va uning asoratlarini davolash samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
stomatologik yordam darajasini o‘rganish asosida karies va uning asoratlarini davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Toshkent shaxrida katta yoshdagi aholida tish kariesi bilan kasallanish ko‘rsatkichlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 8-n/z 1208-son ma’lumotnomasi). Natijada katta yoshdagi aholi orasida tish kariesi bilan kasallanish ko‘rsatkichlari darajasini erta aniqlash, tashxislash va davolash tartibini ishlash chiqish orqali, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
stomatologik yordam darajasini o‘rganish asosida karies va uning asoratlarini davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Kariesni davolash va uning asoratlarini ekspert baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 8-n/z 1208-son ma’lumotnomasi). Natijada katta yoshdagi aholida tish kariesi kasalligini davolash natijalariga qarab bilan ekspert xulosasini berish tartibini tizimlashtirish orqali kasallikni oldini olish imkonini bergan; 
stomatologik yordam darajasini o‘rganish asosida karies va uning asoratlarini davolash samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahridagi Birinchi va beshinchi stomatologik polinikalarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8 n-z 320-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi ekspertiza joriy etilgandan so‘ng terapevtik va qo‘llaniladigan profilaktik chora- tabirlarning samaradorligini hajmi va sifatining oshishi og‘iz suyuqligi parametrlarining ijobiy siljishi, uning mineralizatsiya potensialining oshishi, LPO-AOT jarayonlarini me’yorlashtirish natijasida kariesning oldini olish va oldin davolangan kariesi bo‘lgan bemorlar kariesning samarali reabilitatsiyasini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish