Xoliqov Dilshod Shukurullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doiraviy konussimon elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranishlari (Nelineynie simmetrichnie kolebaniya krugovix konicheskix uprugix obolochek i sterjney)”, 
01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM569
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudoynazarov Xayrulla, Samarqand davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Botir Mardonov: fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Baltabay Babajanov Bekchanovich: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotlarning maqsadi konussimon qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari matematik modelini yaratish va ularning ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi ko‘chish va kuchlanishlar maydonlarini aniqlash algoritmini ishlab chiqishdan, hamda olingan tenglamalar asosida konussimon qobiq sterjenlar nostatsionar buralma tebranishlari haqidagi amaliy masalalarni echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
doiraviy kesik konussimon qatlam, qobiq va sterjenlarning tashqi sirtlariga qo‘yilgan dinamik kuchlanishlar ta’siri natijasida vujudga kelgan, nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari matematik modeli, elastik jism harakat tenglamasining integral almashtirishlar qo‘llanilgan umumiy echimidan foydalangan holda yaratilgan;
doiraviy kesik konussimon qatlamning nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari, qatlam kesimlari nuqtalarining buralma ko‘chishi bosh qismlariga nisbatan umumiy hamda aylanish inersiya va ko‘ndalang siljish deformatsiyani hisobga oluvchi, aniqlashtirilgan tenglamalari ishlab chiqilgan;
kesik konussimon qobiq va sterjenlarning kesimlarida tashqi dinamik yuklar ta’sirida yuzaga keluvchi ko‘chish va kuchlanishlarga hujum burchagining ta’siri, uning 2,50 dan kichik qiymatlarida sezilarli darajada katta ekanligi hamda burchakning bundan yuqori qiymatlarida qobiq va sterjenlarni qat’iy uch o‘lchovli jism sifatida qarash mumkinligi asoslangan;
konussimon qobiq va sterjenlar ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi kuchlanishlar va deformatsiyalarning fazoviy koordinata va vaqt bo‘yicha o‘zgarishlari qonuniyatlariga, fizik nochiziqlilikning ta’siri, tashqi dinamik kuchlanishlar intensivligidan bog‘liq ravishda 30% gacha borishi mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kesik konussimon elastik qobiq va sterjenlarning fizik nochiziqli buralma tebranishlari matematik modelini ishlab chiqish borasida olingan natijalar asosida:
Materiallarning fizik nochiziqli xususiyatlari hisobga olingan doiraviy kesik konussimon elastik qobiq va sterjenlarning mustahkamligini hisoblash va kesik konusning sirtiga urinma tekisligida va radial yo‘nalishda ta’sir etuvchi eng katta kuchlanishlar nuqtalarini aniqlash usuli "Aziz proekt plan" MChJ korxonasida joriy etilgan. Mos kriteriyalar bo‘yicha ustivorlik parametrlarini aiqlash uchun kesik konussimon qobiq nuqtalarida ko‘chish va urinma kuchlanishlarni hisoblash natijalaridan foydalangan. Hisoblashlar kuchlanishlarning qiymatlari ma’lum modellar asosida natijalarga nisbatan pastroq ekanligini ko‘rsatdi. Bu materiallar sarfini 11-12%ga kamaytirishga imkon bergan, (O‘zbekiston Respublikasi "O‘zsanoatqurilishmateriallari" Uyushmasining 2022 yil 16 maydagi 05/15-1248-son bayonnomasi);
kesik konussimon qobiqning yangi tebranish tenglamalarini va kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlash algoritmidan eng katta egilish nuqtalarini aniqlash bilan deformatsiyalangan holatini baholashda "Rise projekt"MChJ korxonasida foydalanilgan. Bu qobiqning yuk ko‘tarish qobiliyatini saqlagan holda qalinligini kichraytirish va pirovardida qurilish materiallarini 9-10%ga kamaytirish imkonini bergan (O‘zbekiston Respublikasi "O‘zsanoatqurilishmateriallari" Uyushmasining 2022 yil 16 maydagi 05/15-1248-son bayonnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish