Nazarov Umarali Abduvaxabovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli ko‘rinishdagi trubalardagi gazli aralashmalarda zarbali va detonatsion to‘lqinlarni sonli tekshirish (Chislennoe issledovanie udarnix i detonatsionnix voln v gazovzvesyax v trubax razlichnix konfiguratsiy)». 01.02.05 – «Suyuqlik va gaz mexanikasi» (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № 30.06.2015/B2015.2.FM205.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xujayorov Baxtiyor, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Akilov Jaxon: fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich: texnika fanlari doktori, professor.
Rodionov Sergey Pavlovich: fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotlarning maqsadi turli ko‘rinishdagi trubalardagi unitar yoqilg‘ili gaz aralashmalarida zarbali va detonatsion to‘lqinlarning tarqalishini so‘ndirishga truba va zarrachalarning asosiy parametrlarining ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
unitar yoqilg‘ili monodispersli gaz aralashmasining harakat modelidan foydalanib, keskin kengayuvchi trubalarda yonish va detonatsiya to‘lqinlarining tarqalishini hisobga olgan holda, unitar yoqilg‘ili polidispersli gaz aralashmasining simmetriya o‘qiga nisbatan harakatining matematik modeli takomillashtirilgan;
ikki komponentli gaz, unitar yoqilg‘i va inert zarrachalarning dispers uch fazali reaksiyaga kirishuvchi aralashmasining nostatsionar harakatining bir o‘lchovli matematik modeliga asoslanib, birjinsli bo‘lmagan inert zarrachalar qatlami yordamida unitar yoqilg‘ili gaz aralashmalarida yonish va detonatsiya to‘lqinlarini tarqalishini hisobga oladigan ikki o‘lchovli simmetriya o‘qiga nisbatan harakatining matematik modeli ishlab chiqilgan;
unitar yoqilg‘ili polidispersli gaz aralashmasining simmetriya o‘qiga nisbatan harakati masalasini echish uchun keskin kengayuvchi trubalarda yonish va detonatsiya to‘lqinlarining tarqalishini hamda gaz aralashmalarida yonish va detonatsiya to‘lqinlarining tarqalishini birjinsli bo‘lmagan inert zarrachalar qatlami yordamida so‘ndirishini hisobga olgan holda «yirik zarrachalar» usuli asosida hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
unitar yoqilg‘ili zarrachalarning nisbiy massa miqdorining oshishi bilan truba  diametrlari nisbatining kritik qiymati monoton ravishda oshib borishi aniqlangan;
barcha dispers zarrachalarning qat’iy belgilangan umumiy massasida detonatsiya to‘lqinlarining eng ko‘p so‘nishi katta dispers zarrachali monodispersli gaz aralashmalari qatlamlarida erishilishi, detonatsiya to‘lqinlarining eng kam so‘nishi esa kichik zarrachali monodispersli gaz aralashmalari qatlamlarida kuzatilishi va detonatsiya to‘lqinlarini so‘ndirishning oraliq ta’siri gaz aralashmasining polidispersli qatlamlarida amalga oshirilishi aniqlangan;
inert zarrachalar qatlami geometriyasi detonatsiya to‘lqinlarining tarqalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni unitar yoqilg‘ili gaz aralashmalarining belgilangan umumiy massasida inert zarrachalar konsentratsiyasining chiziqli ravishda kamayuvchi o‘zgarish qonuniga ega bo‘lgan qatlami chiziqli o‘sib boruvchi va birjinsli bo‘lganidan ko‘ra detonatsiya to‘lqinlarini yaxshiroq so‘ndirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Keskin kengayuvchi trubalardagi gaz aralashmalarida zarba va detonatsiya to‘lqinlarining tarqalishini sonli tadqiq etish bo‘yicha takomillashtirilgan matematik modeli, hisoblash usuli, algoritmi va dasturiy vositasi natijalari asosida:
BV-M-F4-001-sonli «Murakkab issiqlik va modda almashinuviga doir ko‘p o‘lchovli masalalarning matematik modellari va taqsimlangan samarali hisoblash algoritmlari» mavusidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda keskin kengayuvchi trubalarda unitar yoqilg‘ili birjinsli va birjinsli bo‘lmagan mono- va polidispersli gaz aralashmalarida nostatsionar detonatsiya to‘lqinlarining tarqalishi masalalarini echish uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan matematik modellar, «yirik zarrachalar» usuliga asoslangan sonli algoritmlar, dasturiy vositalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 18 oktyabrdagi № 33-8/6945-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari keskin kengayuvchi trubalarda unitar yoqilg‘ili birjinsli va birjinsli bo‘lmagan mono- va polidispersli gaz aralashmalarida nostatsionar detonatsiya to‘lqinlarining tarqalishini bashorat qilishning aniqligini oshirish imkonini bergan;
«HUDUDGAZTA’MINOT» aksiyadorlik jamiyatining «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali tomonidan tabiiy gaz trubalarini yo‘qotishlarsiz ishlatish hamda kuz-qish mavsumida gaz taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish rejasini ishlab chiqish maqsadida foydalanilgan ("HUDUDGAZTA’MINOT" aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 7 apreldagi № 02-23-430/2204-son ma’lumotnomasi), «Uztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand shahar filiali tomonidan yuqori bosimli trubalarning yorilishining oldini olish hamda «DBST» magistral gaz trubasining 140 kilometrlik o‘lchash tarmog‘idan G‘o‘bdin gaz taqsimlash stansiyasigacha gaz tashish rejasini ishlab chiqish uchun asos sifatida ishlatilgan («Uztransgaz»  aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 2 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, joriy etishning iqtisodiy samarasi ta’mirlash ishlari narxini 30% gacha qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish