Rajabov Azamat Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarining gaz yoqish pechlaridagi yonish jarayonini optimal boshqarish sistemasining modellari va algoritmlari», 05.01.08 - «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1581
Ilmiy rahbar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Sevinov Jasur Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Varlamova Lyudmila Petrovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gaz yoquvchi pechlar va qurilmalarda gazsimon yoqilg‘ini yoqishning texnologik jarayonini energiya va resurs tejamkorlik hamda ekologik xavfsizlik mezonlariga javob beradigan holda optimal boshqarish va nazorat qilish usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz yoqish pechlarida yonish jarayonining statik va dinamik tavsiflarini tajribaviy tadqiq qilish natijalari asosida harorati rostlanadigan turli zonalariga ega gazsimon yoqilg‘ini mash’alali yonishini asosiy fenomenologik xususiyatlarini hisobga oluvchi gaz yoquvchi qurilmalarning inersiyali va inersiyasiz zonalari uchun monand matematik ifodalar ishlab chiqilgan;
alanga o‘tkazuvchanligi pulsatsiyalarining integral amplituda-chastotali signalining ekstremumi asosida talab qilinayotgan aniqlik bilan turli quvvatga ega turbulent gorelkalarda aeratsiyaning optimal koeffisientini ta’minlaydigan yoqilg‘ini yoqish jarayonining sifatini nazorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
yoqilg‘i yonish jarayoni tejamkorligini va boshqarish tizimining samaradorligini ta’minlovchi issiqlik miqdorini yo‘qotilishini minimallashtirish mezoni asosida gazsimon yoqilg‘ini yoqish jarayonini optimal boshqarish tizimining algoritmi ishlab chiqilgan;
alanganing ionlanish xarakteristikalarini o‘rganish uchun apparatli vositalar ishlab chiqilgan va aeratsiya koeffisientining o‘rnatilgan qiymati bilan "gaz-havo" nisbatini avtomatik boshqarish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqarish korxonalarining gaz yoqish pechlaridagi yoqilg‘ini yonish jarayonini optimal boshqarish sistemasining modellari va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
alanga o‘tkazuvchanligi pulsatsiyalarining integralli amplituda- chastotali signalining ekstremumi asosida yoqilg‘ini yoqish jarayonini sifatini nazorat qilish usuli «SAYHUN GOLD OIL» MChJ da joriy qilingan («Yog‘ – moy sanoati korxonalari» uyushmasining 2022 yil 24 avgustdagi NM/3 – 708 - son ma’lumotnomasi). Natijada, talab qilinayotgan aniqlik bilan turli quvvatga ega turbulent gorelkalarda gaz yoqish jarayonidagi aeratsiya koeffisientining optimal qiymati aniqlangan.
yoqilg‘ini yoqish jarayonini optimal boshqarish tizimining algoritmi «SAYHUN GOLD OIL» MChJ da joriy qilingan («Yog‘ – moy sanoati korxonalari» uyushmasining 2022 yil 24 avgustdagi NM/3 – 708- son ma’lumotnomasi). Natijada, yoqilg‘i yonish jarayonining tejamkorligini ta’minlangan.